Iqtisodiy sud hakamlik sudining hal qiluv qarorini bekor qilish to'g'risidagi ishni ko'rib chiqish natijalari bo'yicha ushbu Kodeksda hal qiluv qarori qabul qilish uchun nazarda tutilgan qoidalarga binoan ajrim chiqaradi.
Iqtisodiy sudning hakamlik sudi hal qiluv qarorini bekor qilish to'g'risidagi yoki hakamlik sudining hal qiluv qarorini bekor qilishni rad etish haqidagi ajrimida quyidagilar ham bo'lishi kerak:
1) hakamlik sudining nizolashilayotgan hal qiluv qarori va mazkur qaror qabul qilingan joy to'g'risidagi ma'lumotlar;
2) nizolashilayotgan hal qiluv qarorini qabul qilgan hakamlik sudining nomi va tarkibi to'g'risidagi ma'lumotlar;
3) hakamlik muhokamasi taraflarining nomi (familiyasi, ismi, otasining ismi);
4) hakamlik sudining hal qiluv qarorini to'liq yoki qisman bekor qilish yoxud arizachining talabini to'liq yoki qisman qanoatlantirishni rad etish uchun ko'rsatma.
Hakamlik sudi hal qiluv qarorining bekor qilinganligi hakamlik muhokamasi taraflarining, agar hakamlik sudiga murojaat etish imkoniyati yo'qolmagan bo'lsa, hakamlik bitimiga muvofiq hakamlik sudiga yangidan murojaat etishiga yoki ushbu Kodeksda nazarda tutilgan umumiy qoidalarga binoan iqtisodiy sudga murojaat etishiga to'sqinlik qilmaydi.
Agar hakamlik sudining hal qiluv qarori hakamlik bitimi haqiqiy emasligi oqibatida yoki hal qiluv qarori hakamlik bitimida nazarda tutilmagan yoxud uning shartlariga to'g'ri kelmaydigan nizo bo'yicha chiqarilganligi yoki unda hakamlik bitimida qamrab olinmagan masalalar bo'yicha xulosalar mavjudligi oqibatida iqtisodiy sud tomonidan to'liq yoxud qisman bekor qilingan bo'lsa, hakamlik muhokamasi taraflari bunday nizoni hal qilish uchun ushbu Kodeksda nazarda tutilgan umumiy qoidalarga binoan iqtisodiy sudga murojaat etishi mumkin.
Hakamlik sudining hal qiluv qarorini bekor qilish to'g'risidagi ish bo'yicha iqtisodiy sudning ajrimi ustidan ushbu Kodeksda belgilangan tartibda shikoyat qilinishi (protest keltirilishi) mumkin.
lex.uz’dagi asl matn227-modda. Hakamlik sudining hal qiluv qarorini bekor qilish to'g'risidagi ish bo'yicha ajrim
Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?
Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing
Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.
Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.