Iqtisodiy protsessual kodeksi

228-modda. Hakamlik sudining hal qiluv qarorini majburiy ijro etish uchun ijro varaqasi berishning umumiy qoidalari

Ushbu bobda belgilangan qoidalar hakamlik muhokamasi taraflarining hakamlik sudlarining hal qiluv qarorlarini majburiy ijro etish uchun ijro varaqalari berish to'g'risidagi arizalari iqtisodiy sud tomonidan ko'rib chiqilayotganda qo'llaniladi. Hakamlik sudining hal qiluv qarorini majburiy ijro etish uchun ijro varaqasi berish to'g'risidagi masala hakamlik sudining hal qiluv qarori hakamlik muhokamasi taraflaridan qaysi birining foydasiga chiqarilgan bo'lsa, o'sha tarafning arizasiga binoan iqtisodiy sud tomonidan ko'rib chiqiladi.
lex.uz’dagi asl matn

Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?

Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing

Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.

Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.