Ushbu Kodeksning 232¹-moddasida ko'rsatilgan arizalar yozma shaklda beriladi va arbitraj muhokamasining tarafi yoki uning vakili tomonidan imzolanishi kerak, arbitraj sudi tomonidan dalillarni olishga ko'maklashish to'g'risida berilgan ariza esa raislik qiluvchi arbitr tomonidan imzolanishi kerak.
Arizada quyidagilar ko'rsatilgan bo'lishi kerak:
1) ariza berilayotgan iqtisodiy sudning nomi;
2) arbitraj sudining nomi, arbitrajning joylashgan yeri va tarkibi;
3) arbitraj muhokamasi taraflarining nomi (familiyasi, ismi, otasining ismi), ularning joylashgan yeri (pochta manzili) yoki yashash joyi;
4) talabga asos bo'lgan holatlar;
5) talabning asoslarini tasdiqlovchi dalillar;
6) ilova qilinayotgan hujjatlarning ro'yxati.
Dalillarni olishga ko'maklashish to'g'risidagi arizada ish uchun ahamiyatli bo'lgan qaysi holatlar ushbu dalil bilan aniqlanishi mumkinligi ham ko'rsatilgan bo'lishi, dalil belgilanishi va uning turgan yeri ko'rsatilishi kerak.
Arizada taraflarning telefonlari, fakslari raqamlari, elektron manzili va boshqa ma'lumotlari ko'rsatilishi mumkin.
Agar ariza arbitraj muhokamasi tarafining vakili tomonidan berilgan bo'lsa, arizaga vakilning arizani imzolashga bo'lgan vakolatini tasdiqlovchi ishonchnoma ilova qilinadi.
Arbitrni tayinlash, arbitrni rad etishni qanoatlantirish, arbitraj sudining yurisdiktsiyasi masalasi yuzasidan qarorlar qabul qilish haqidagi ariza «Xalqaro tijorat arbitraji to'g'risida»gi O'zbekiston Respublikasi Qonunining 16, 18 va 21-moddalarida ko'rsatilgan muddat ichida berilishi mumkin. Ko'rsatilgan muddat iqtisodiy sud tomonidan uzrli deb topilgan sabablarga ko'ra o'tkazib yuborilgan taqdirda, o'tkazib yuborilgan muddat tiklanishi mumkin.
Ushbu Kodeksning 232³-moddasida, ushbu moddaning birinchi, ikkinchi, uchinchi va beshinchi qismlarida nazarda tutilgan talablarga rioya etilmagan taqdirda, ariza ushbu Kodeksning 155-moddasida nazarda tutilgan qoidalar bo'yicha arizachiga qaytariladi.
lex.uz’dagi asl matn232²-modda. Arizaning shakli va mazmuni
Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?
Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing
Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.
Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.