Ushbu Kodeksning 232¹-moddasida ko'rsatilgan arizalarga quyidagilar ilova qilinadi:
1) arbitraj bitimining asl nusxasi yoki uning tegishli tarzda tasdiqlangan ko'chirma nusxasi;
2) pochta xarajatlari belgilangan tartibda va miqdorda to'langanligini tasdiqlovchi hujjatlar;
3) arizaning ko'chirma nusxasi arbitraj muhokamasining boshqa tarafiga topshirilganligi haqidagi xabarnoma yoki xabarnoma yuborilganligini tasdiqlovchi boshqa hujjat.
Ushbu moddaning birinchi qismida ko'rsatilgan hujjatlardan tashqari arizaga quyidagilar ilova qilinadi:
1) arbitrni tayinlash to'g'risidagi arizaga — arbitraj sudiga da'vo taqdim etilganligining dalillari; arizachi (arbitraj muhokamasi taraflari) tomonidan arbitr tayinlanganligi yoxud arbitrni tayinlash tartib-taomiliga rioya etilmaganligi dalillari;
2) arbitrni rad etishni qanoatlantirish haqidagi arizaga — arbitraj sudiga da'vo taqdim etilganligining dalillari; arbitrni rad etish haqidagi iltimosnomani ko'rib chiqish natijalari bo'yicha arbitraj sudi ajrimining tasdiqlangan ko'chirma nusxasi. Doimiy arbitraj muassasasi ajrimining ko'chirma nusxasi ushbu arbitraj muassasasining rahbari tomonidan tasdiqlanadi, muayyan nizoni hal qilish uchun tashkil etilgan arbitraj sudi ajrimining ko'chirma nusxasidagi arbitr imzosi notarial tartibda tasdiqlangan bo'lishi kerak;
3) arbitr vakolatlarining amal qilishini tugatish xususida qaror qabul qilish to'g'risidagi arizaga — arbitraj sudiga da'vo taqdim etilganligining dalillari; arbitr o'z vazifalarini bajarishi mumkin emasligini tasdiqlovchi dalil yoki arbitrning o'z vazifalarini amalga oshirishga asossiz ravishda kechikishsiz kirishmaganligini tasdiqlovchi dalil;
4) arbitraj sudining yurisdiktsiyasi masalasi yuzasidan qarorlar qabul qilish haqidagi arizaga — arbitraj sudining o'z yurisdiktsiyasi haqidagi ajrimining tasdiqlangan ko'chirma nusxasi. Doimiy arbitraj muassasasi ajrimining ko'chirma nusxasi ushbu arbitraj muassasasining rahbari tomonidan tasdiqlanadi, muayyan nizoni hal qilish uchun tashkil etilgan arbitraj sudi ajrimining ko'chirma nusxasidagi arbitr imzosi notarial tartibda tasdiqlangan bo'lishi kerak;
5) ta'minlash choralarini tan olish va ijroga qaratish to'g'risidagi arizaga — arbitraj sudining ta'minlash choralari ko'rilganligi haqidagi ajrimining tasdiqlangan ko'chirma nusxasi. Doimiy arbitraj muassasasi ajrimining ko'chirma nusxasi ushbu arbitraj muassasasining rahbari tomonidan tasdiqlanadi, muayyan nizoni hal qilish uchun tashkil etilgan arbitraj sudi ajrimining ko'chirma nusxasidagi arbitr imzosi notarial tartibda tasdiqlangan bo'lishi kerak;
6) ta'minlash choralarini ko'rish haqidagi arizaga — arbitraj sudiga da'vo taqdim etilganligining dalillari;
7) dalillarni olishga ko'maklashish to'g'risidagi arizaga — arbitraj sudining ish yurituvida nizo mavjud bo'lib, uni hal etish uchun dalillar zarurligi va bu dalillarni olish uchun ko'maklashish haqida ariza berilganligining dalili.
Chet tilida tuzilgan hujjatlarni iqtisodiy sudga taqdim etishda ushbu hujjatlarga ularning davlat tilidagi yoki iqtisodiy sud ishlari yuritilayotgan tildagi tegishli tarzda tasdiqlangan tarjimasi qo'shib topshirilishi kerak.
lex.uz’dagi asl matn232³-modda. Arizaga ilova qilinadigan hujjatlar
Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?
Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing
Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.
Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.