Iqtisodiy sud arbitrajning hal qiluv qarorini bekor qilish to'g'risidagi ishni ko'rib chiqish natijalari bo'yicha ushbu Kodeksda hal qiluv qarorini qabul qilish uchun nazarda tutilgan qoidalarga ko'ra ajrim chiqaradi.
Iqtisodiy sudning arbitrajning hal qiluv qarorini bekor qilish to'g'risidagi yoki arbitrajning hal qiluv qarorini bekor qilishni rad etish haqidagi ajrimida quyidagilar ham bo'lishi kerak:
1) arbitrajning shikoyat qilinayotgan hal qiluv qarori va u qabul qilingan joy haqidagi ma'lumotlar;
2) shikoyat qilinayotgan hal qiluv qarorini qabul qilgan arbitrajning nomi va tarkibi haqidagi ma'lumotlar;
3) arbitraj muhokamasi taraflarining nomi (familiyasi, ismi, otasining ismi);
4) arbitrajning hal qiluv qarorini to'liq yoki qisman bekor qilishga yoxud arizachining talabini to'liq yoki qisman qanoatlantirishni rad etishga oid ko'rsatma.
Arbitraj hal qiluv qarorining bekor qilinganligi, agar arbitrajga murojaat etish imkoniyati yo'qolmagan bo'lsa, arbitraj muhokamasi taraflarining arbitraj kelishuviga muvofiq arbitrajga yangitdan murojaat etishi yoki ushbu Kodeksda nazarda tutilgan umumiy qoidalarga ko'ra iqtisodiy sudga murojaat etishi uchun monelik qilmaydi.
Agar arbitrajning hal qiluv qarori iqtisodiy sud tomonidan arbitraj kelishuvi haqiqiy emasligi oqibatida yoki hal qiluv qarori arbitraj kelishuvida nazarda tutilmagan yoxud uning shartlariga to'g'ri kelmaydigan nizo bo'yicha chiqarilganligi yoki unda arbitraj kelishuvida qamrab olinmagan masalalar bo'yicha xulosalar mavjudligi oqibatida to'liq yoki qisman bekor qilingan bo'lsa, arbitraj muhokamasining taraflari bunday nizoni hal etish uchun ushbu Kodeksda nazarda tutilgan umumiy qoidalarga ko'ra iqtisodiy sudga murojaat etishi mumkin.
Arbitrajning hal qiluv qarorini bekor qilish to'g'risidagi ish bo'yicha iqtisodiy sud ajrimi ustidan ushbu Kodeksda belgilangan tartibda shikoyat qilinishi (protest keltirilishi) mumkin.
lex.uz’dagi asl matn232⁹-modda. Arbitrajning hal qiluv qarorini bekor qilish to'g'risidagi ish bo'yicha ajrim
(29¹-боб Ўзбекистон Республикасининг 2022 йил 16 майдаги ЎРҚ-769-сонли Қонунига асосан киритилган — Қонунчилик маълумотлари миллий базаси, 17.05.2022 й., 03/22/769/0421-сон)
Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?
Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing
Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.
Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.