Iqtisodiy protsessual kodeksi

233-modda. Yo'qolgan sud ishini yoki ijro ishini yuritishni tiklash tartibi

Iqtisodiy ish bo'yicha yo'qolgan sud ishini yoki ijro ishini yuritish ishda ishtirok etuvchi shaxslarning, prokurorning, davlat ijrochisining arizasiga, shuningdek sudning tashabbusiga ko'ra sud tomonidan tiklanishi mumkin. Yo'qolgan sud ishi yoki ijro ishini yuritish to'liq tiklanadi yoxud uning sud fikriga ko'ra tiklanishi zarur bo'lgan qismi tiklanadi. Sudning hal qiluv qarori yoki ish yuritishni tugatish to'g'risidagi ajrimi, agar ular ish yuzasidan chiqarilgan bo'lsa, albatta tiklanishi shart. Arizachi yo'qolgan sud ishini yoki ijro ishini yuritishni tiklash to'g'risidagi ishni ko'rishda sud tomonidan sarf qilingan sud xarajatlarini to'lashdan ozod qilinadi. Bila turib yolg'on ariza berilgan bo'lsa, sud xarajatlari arizachidan undirib olinadi.
lex.uz’dagi asl matn

Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?

Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing

Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.

Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.