Iqtisodiy protsessual kodeksi

234-modda. Yo'qolgan sud ishini yoki ijro ishini yuritishni tiklash to'g'risida ariza berish

Yo'qolgan sud ishini yuritishni tiklash to'g'risidagi ariza ishni ko'rgan sudga, yo'qolgan ijro ishini yuritishni tiklash to'g'risidagi ariza esa ijro etish joyidagi sudga beriladi va tegishli sud tomonidan ko'rib chiqiladi. Arizada ish to'g'risidagi batafsil ma'lumotlar ko'rsatilishi kerak. Arizachida saqlanib qolgan va ishga daxldor bo'lgan hujjatlar yoki ularning ko'chirma nusxalari, garchi ular belgilangan tartibda tasdiqlanmagan bo'lsa ham, arizaga ilova qilinadi.
lex.uz’dagi asl matn

Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?

Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing

Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.

Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.