Apellyatsiya shikoyatiga quyidagilar ilova qilinadi:
1) davlat boji va pochta xarajatlari to'langanligini tasdiqlovchi hujjatlar;
2) ishda ishtirok etuvchi boshqa shaxslarga apellyatsiya shikoyati va unga ilova qilingan, ularda mavjud bo'lmagan hujjatlarning ko'chirma nusxalari yuborilganligini yoki topshirilganligini tasdiqlovchi hujjat;
3) apellyatsiya shikoyati vakil tomonidan imzolangan taqdirda, uning imzolashga doir vakolatini tasdiqlovchi hujjat.
Apellyatsiya protestiga ishda ishtirok etuvchi boshqa shaxslarga apellyatsiya protestining va unga ilova qilingan, ushbu shaxslarda mavjud bo'lmagan hujjatlarning ko'chirma nusxalari yuborilganligini yoki topshirilganligini tasdiqlovchi hujjat, prokuror ishtirokisiz ko'rilgan ish bo'yicha ushbu Kodeks 259-moddasining birinchi qismida ko'rsatilgan shaxslar murojaatlarining ko'chirma nusxasi ilova qilinadi, bundan qonunda prokurorning ishtirok etishi nazarda tutilgan bo'lib, biroq u sud muhokamasining vaqti va joyi to'g'risida tegishli tarzda xabardor qilinmasdan ko'rilgan ishlar mustasno.
Da'vo arizasini qaytarish yoki da'vo arizasini qabul qilishni rad etish to'g'risidagi ajrim ustidan berilgan apellyatsiya shikoyatiga (protestiga) qaytarilgan da'vo arizasi va sudga taqdim etishda unga ilova qilingan hujjatlar ham ilova qilinishi kerak.
lex.uz’dagi asl matn265-modda. Apellyatsiya shikoyatiga (protestiga) ilova qilinadigan hujjatlar
(265-модданинг иккинчи қисми Ўзбекистон Республикасининг 2024 йил 30 сентябрдаги ЎРҚ-968-сонли Қонуни таҳририда — Қонунчилик маълумотлари миллий базаси, 30.09.2024 й., 03/24/968/0760-сон)
Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?
Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing
Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.
Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.