Iqtisodiy protsessual kodeksi

266-modda. Apellyatsiya shikoyatini (protestini) ish yuritishga qabul qilish to'g'risidagi masalani hal etish tartibi va muddati

Apellyatsiya shikoyatini (protestini) ish yuritishga qabul qilish, qabul qilishni rad etish yoki qaytarish to'g'risidagi masala shikoyat (protest) ish bilan birga sudga kelib tushgan kunidan e'tiboran besh kundan kechiktirmay sudya tomonidan yakka tartibda hal qilinadi. Apellyatsiya shikoyatini (protestini) ish yuritishga qabul qilish, qabul qilishni rad etish yoki qaytarish to'g'risida ajrim chiqariladi, uning ko'chirma nusxasi ishda ishtirok etuvchi shaxslarga u chiqarilgan kunning ertasidan kechiktirmay, ushbu Kodeksning 197-moddasida nazarda tutilgan tartibda yuboriladi.
lex.uz’dagi asl matn

Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?

Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing

Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.

Bu masala bo‘yicha hujjat kerakmi?Apellyatsiya shikoyatiSud qarori ustidan yuqori instansiyaga; muddatni o‘tkazib yubormang.Bepul sinab ko‘ring — oyiga 5 ta hujjat

Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.