Iqtisodiy protsessual kodeksi

56-modda. Ekspertning huquq va majburiyatlari

(56-модданинг учинчи қисми Ўзбекистон Республикасининг 2025 йил 26 сентябрдаги ЎРҚ-1084-сонли Қонуни таҳририда — Қонунчилик маълумотлари миллий базаси, 26.09.2025 й., 03/25/1084/0874-сон)

Ekspert: ekspertiza predmetiga taalluqli ish materiallari bilan tanishish, ulardan zarur ma'lumotlarni yozib olish yoki ko'chirma nusxalar olish; joyida ko'zdan kechirishda ishtirok etish va ekspertizani o'tkazish uchun zarur qo'shimcha materiallar va tekshirish ob'yektlari taqdim etilishi haqida iltimosnomalar berish; sud muhokamasida ekspertiza predmetiga oid dalillarni tekshirishda ishtirok etish hamda ishda ishtirok etuvchi shaxslarga va guvohlarga sudning ruxsati bilan savollar berish; ashyoviy, yozma, raqamli dalillar va hujjatlarni ko'zdan kechirish; o'z xulosasida nafaqat o'z oldiga qo'yilgan savollar bo'yicha, balki ekspertiza predmetiga oid va ish uchun ahamiyatga molik boshqa masalalar bo'yicha ham xulosalarini bayon etish; o'z xulosasi yoki ko'rsatuvlari ishda ishtirok etuvchi shaxslar va guvohlar tomonidan noto'g'ri talqin qilinganligi xususida sud majlisi bayonnomasiga kiritilishi lozim bo'lgan bayonotlar berish; agar u sud muhokamasi yuritilayotgan tilni bilmasa yoki yetarlicha bilmasa, o'z ona tilida xulosa taqdim etish va ko'rsatuvlar berish hamda bunday holda tarjimon xizmatidan foydalanish; agar ishni yuritayotgan sudning hal qiluv qarorlari, sudyaning harakatlari (harakatsizligi) ekspertning huquq va erkinliklarini buzayotgan bo'lsa, bu qarorlar, harakatlar (harakatsizlik) ustidan qonunda belgilangan tartibda shikoyat qilish huquqiga egadir. Ekspert: ushbu Kodeksning 20 va 21-moddalarida nazarda tutilgan asoslar mavjud bo'lgan taqdirda, o'zini o'zi rad etishi haqida darhol arz qilishi; o'ziga taqdim etilgan tekshirish ob'yektlarini har tomonlama va to'liq tekshirishdan o'tkazishi, o'z oldiga qo'yilgan savollar yuzasidan asosli va xolisona yozma xulosa berishi; sud majlisida shaxsan ishtirok etish uchun sud chaqiruviga binoan kelishi; o'zi o'tkazgan ekspertiza xususida ko'rsatuvlar berishi va o'zi bergan xulosani tushuntirish uchun qo'shimcha savollarga javob berishi; ekspertiza o'tkazilishi munosabati bilan o'ziga ma'lum bo'lib qolgan ma'lumotlarni oshkor qilmasligi; taqdim etilgan tekshirish ob'yektlari va ish materiallarining but saqlanishini ta'minlashi; sud muhokamasi vaqtida tartibga rioya qilishi shart. Ekspert bila turib noto'g'ri xulosa berganligi, yopiq sud majlisi muhokamasi ma'lumotlarini hamda tafsilotlarini sudning ruxsatisiz oshkor qilganligi uchun jinoiy javobgar bo'ladi. Agar ekspert qo'yilgan savollarni o'zining maxsus bilimlari asosida hal qilish mumkin bo'lmasligiga yoki unga taqdim etilgan tekshirish ob'yektlarining yoxud materiallarning yaroqsizligiga yoki xulosa berish uchun yetarli emasligiga va ularni to'ldirib bo'lmasligiga yoxud fan va sud-ekspertlik amaliyotining holati qo'yilgan savollarga javob topish imkoniyatini bermasligiga ishonch hosil qilsa, u xulosa berishning iloji yo'qligi to'g'risida asoslantirilgan dalolatnoma tuzadi hamda uni ekspertizani tayinlagan sudga yuboradi.
lex.uz’dagi asl matn

Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?

Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing

Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.

Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.