Maslahatlar (tushuntirishlar) berish va ilmiy-texnika vositalarini qo'llashda yordam ko'rsatish yo'li bilan dalillarni to'plash, tekshirish va baholashda ko'maklashish maqsadida fan, texnika, san'at yoki hunar sohasida maxsus bilim va malakaga ega bo'lgan, voyaga yetgan, ish natijasidan manfaatdor bo'lmagan shaxs sud majlisida yoki protsessual harakatlarda ishtirok etish uchun sud tomonidan mutaxassis sifatida jalb qilinishi mumkin.
Mutaxassisni sud majlisida ishtirok etish uchun jalb qilish to'g'risida ajrim chiqariladi.
Sudning mutaxassisni chaqirish haqidagi talabi uning ish beruvchisi uchun majburiydir.
lex.uz’dagi asl matn57-modda. Mutaxassis
Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?
Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing
Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.
Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.