Ozodlikdan mahrum etilgan shaxslarga nisbatan ushbu Kodeks 97¹-moddasining birinchi qismida nazarda tutilgan mezonlar asosida rag'batlantirish choralari qo'llaniladi.
Ozodlikdan mahrum etilgan shaxslarga nisbatan quyidagi rag'batlantirish choralari qo'llaniladi:
tashakkur e'lon qilish;
ilgari qo'llanilgan intizomiy jazoni muddatidan oldin olib tashlash;
yorliq, qimmatli sovg'a yoki pul mukofoti bilan taqdirlash;
qo'shimcha posilka, yo'qlov yoki banderol olishga ruxsat etish;
qo'shimcha uchrashuv yoki masofali video-uchrashuv yoxud telefon orqali so'zlashuv huquqini berish;
oziq-ovqat mahsulotlari va eng zarur narsalar sotib olish uchun pul summasini ko'paytirish;
yengillashtirilgan saqlash sharoitiga o'tkazish, manzil-koloniyalarda saqlanayotgan shaxslar bundan mustasno.
Yengillashtirilgan saqlash sharoitiga o'tkazish tariqasidagi rag'batlantirish mahkumlarga ushbu Kodeks 75-moddasining uchinchi qismiga muvofiq qo'shimcha pul sarflash huquqini, shuningdek:
umumiy, qattiq tartibli koloniyalarda va tarbiya koloniyalarida ― yil mobaynida qo'shimcha ravishda bir marta uchrashuv, bir marta masofali video-uchrashuv yoki telefon orqali so'zlashuv, bitta posilka yoki yo'qlov olish;
maxsus tartibli koloniyalarda ― kameralardan umumiy turar joylarga o'tkazish hamda yil mobaynida qo'shimcha ravishda bir marta qisqa muddatli uchrashuv, bir marta masofali video-uchrashuv yoki telefon orqali so'zlashuv, bitta banderol olish;
turmalarda ― yil mobaynida qo'shimcha ravishda bir marta qisqa muddatli uchrashuv, bitta posilka yoki yo'qlov olish huquqini beradi.
lex.uz’dagi asl matn102-modda. Rag'batlantirish choralari
(102-модда иккинчи қисмининг олтинчи хатбошиси Ўзбекистон Республикасининг 2026 йил 15 январдаги ЎРҚ-1112-сонли Қонуни таҳририда — Қонунчилик маълумотлари миллий базаси, 15.01.2026 й., 03/26/1112/0045-сон)
Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?
Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing
Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.
Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.