Jinoyat-ijroiya kodeksi

102¹-modda. Rag'batlantirish choralarini qo'llash tartibi

(102¹-модданинг иккинчи қисми Ўзбекистон Республикасининг 2023 йил 15 февралдаги ЎРҚ-817-сонли Қонуни таҳририда — Қонунчилик маълумотлари миллий базаси, 16.02.2023 й., 03/23/817/0091-сон)

Mahkumlarga nisbatan rag'batlantirish choralarini qo'llash har yili kamida ikki marta, shuningdek bayram kunlari munosabati bilan ko'rib chiqiladi. Mahkumlarni rag'batlantirish masalalari, shu jumladan qo'llanilayotgan rag'batlantirish choralarining ushbu Kodeks 97¹-moddasining birinchi qismida nazarda tutilgan mezonlarga muvofiqligi jazoni ijro etish muassasasida tuzilgan komissiya tomonidan ko'rib chiqiladi va ular bo'yicha xulosa qabul qilinadi. Komissiya jazoni ijro etish muassasasining xodimlari, shuningdek jamoatchilik vakillari orasidan kamida sakkiz nafar a'zodan iborat tarkibda tuziladi. Komissiya tarkibiga jamoatchilik vakillaridan, qoida tariqasida, xalq deputalari mahalliy Kengashlari deputatlari, O'zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Inson huquqlari bo'yicha vakilining (ombudsmanning) mintaqaviy vakillari, o'zini o'zi boshqarish organlarining, jamoat tashkilotlarining hayotiy tajribaga va aholi o'rtasida obro'-e'tiborga ega bo'lgan vakillari kiradi. Jamoatchilik vakillari komissiya a'zolari umumiy sonining yarmini tashkil etishi kerak. Jazoni ijro etish muassasasi boshlig'i komissiyaning raisi hisoblanadi. Mahkumni rag'batlantirish uchun tavsiya etish, zarur hujjatlarni tayyorlash va komissiya a'zolariga taqdim etish otryad boshlig'i tomonidan amalga oshiriladi. Komissiya majlisi ushbu moddaning birinchi qismida ko'rsatilgan muddatlardan bir hafta ilgari o'tkaziladi. Komissiya a'zolari rag'batlantirish uchun tavsiya etilgan mahkum bilan uning xulq-atvori belgilangan mezonlarga muvofiqligi yuzasidan suhbat o'tkazadi. Komissiya qarori majlisda ishtirok etayotgan a'zolarning ko'pchilik ovozi bilan, ochiq ovoz berish orqali qabul qilinadi. Ovozlar soni teng bo'lgan taqdirda, mahkumni rag'batlantirish to'g'risida qaror qabul qilinadi. Komissiya qarori majlisda hozir bo'lgan komissiya a'zolari tomonidan imzolanadigan bayonnoma bilan rasmiylashtiriladi va komissiya raisi tomonidan tasdiqlanadi. Komissiyaning mahkumga nisbatan rag'batlantirish chorasini qo'llash to'g'risidagi qarorni o'z ichiga olgan bayonnomasiga muvofiq jazoni ijro etish muassasasi boshlig'ining buyrug'i uch ish kuni ichida chiqariladi va uning mazmuni mahkumga e'lon qilinadi. Komissiyani tuzish va faoliyatini amalga oshirish tartibi O'zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi tomonidan tasdiqlanadi.
lex.uz’dagi asl matn

Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?

Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing

Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.

Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.