Jinoyat-ijroiya kodeksi

172-modda. Jazoni ijro etish muassasalaridan ozod qilinayotgan shaxslarga moddiy yordam ko'rsatish

Jazoni ijro etish muassasalaridan ozod qilinayotgan shaxslar yashashni mo'ljallayotgan joyga yetib olishi uchun yo'l hujjatlari, belgilangan norma bo'yicha oziq-ovqat mahsulotlari yoki pul kompensatsiyasi bilan ta'minlanadilar. Ozod qilinayotgan shaxslarda mavsumiy kiyim va poyabzal, shuningdek ularni sotib olishga pul bo'lmasa, ular kiyim va poyabzal bilan bepul ta'minlanadilar. Shu maqsadlar uchun ozod qilinayotgan shaxslarga bir yo'la to'lanadigan pul nafaqasi berilishi mumkin.
lex.uz’dagi asl matn

Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?

Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing

Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.

Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.