Jinoyat-ijroiya kodeksi

173-modda. Mahkumlarning ozod qilinishi to'g'risida xabar berish va ozod bo'lgan shaxslarni kuzatib borish

(173-модданинг биринчи қисми иккинчи хатбошиси Ўзбекистон Республикасининг 2022 йил 17 майдаги ЎРҚ-770-сонли Қонуни таҳририда — Қонунчилик маълумотлари миллий базаси, 18.05.2022 й., 03/22/770/0424-сон)

Jazoni ijro etish muassasasining ma'muriyati mahkumlarning ozod etilganligi to'g'risida: birinchi va ikkinchi guruh nogironligi bo'lgan shaxslarga, homilador ayollar va yosh bolasi (bolalari) bor ayollarga, shuningdek voyaga yetmaganlarga nisbatan — ularning qarindoshlari yoki qarindoshlarining o'rnini bosuvchi boshqa shaxslarni; ishga kirish va turmushini yo'lga qo'yishga muhtoj bo'lgan shaxslarga nisbatan — viloyatlar (tumanlar, shaharlar) hokimliklari huzuridagi ijtimoiy moslashuv markazlarini; sil yoki tanosil kasalliklariga duchor bo'lgan, shuningdek alkogolizm, giyohvandlik yoki zaharvandlikdan majburiy davolash kursini tugallamagan shaxslarga nisbatan — viloyat, shahar sog'liqni saqlash boshqarmalari (bo'limlari) yoki sog'liqni saqlash organlarining davolash muassasalarini; ma'muriy nazorat ostiga olinishi lozim bo'lgan shaxslarga nisbatan — ichki ishlar hududiy organlarini oldindan xabardor etadi. Ushbu moddaning birinchi qismida ko'rsatilgan mahkumlar kasalligi yoki mehnat qobiliyatini yo'qotganligi oqibatida, amnistiya akti yoki afv asosida ozod etilgan hollarda, shuningdek mahkumlar jazodan shartli ravishda muddatidan ilgari ozod etilgan taqdirda, bildirish qog'ozi ular ozod etilgan kuni jo'natiladi. Hukm qilingan chet el fuqarolarining ozod etilganligi to'g'risida O'zbekiston Respublikasi hududidagi ularning manfaatlarini himoya qiluvchi davlatlarning diplomatik vakolatxonalari yoki konsullik muassasalari qonunchilikda belgilangan tartibda xabardor qilinadi. O'zbekiston Respublikasi hududida biror bir davlatning diplomatik vakolatxonasi yoki konsullik muassasasi mavjud bo'lmagan taqdirda, bunday davlatning vakolatli organini qonunchilikda belgilangan tartibda xabardor qilish uchun O'zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligiga ozod etilganlik to'g'risidagi bildirish qog'ozi jo'natiladi. O'zbekiston Respublikasida yashash guvohnomasi bo'yicha yashagan chet el fuqarosi yoki fuqaroligi bo'lmagan shaxs ozod qilinayotganda jazoni ijro etish muassasasining ma'muriyati mahkum qamoqqa olinguniga qadar ro'yxatga olingan joydagi ichki ishlar hududiy organining mamlakatga kirish, undan chiqish va ro'yxatga olish bilan shug'ullanuvchi tegishli xizmatini xabardor qiladi. Sog'lig'i holatiga ko'ra doimiy parvarishga muhtoj shaxslar, shuningdek o'n olti yoshgacha bo'lgan voyaga yetmagan shaxslar qarindoshlari yoki boshqa shaxslar yoxud muassasa ma'muriyati vakilining kuzatuvida yashash joyiga jo'natiladi. Nogironligi bo'lgan shaxslar va keksalar o'z iltimosiga ko'ra, keksalar va nogironligi bo'lgan shaxslar uchun internat uylariga (pansionatlarga) yuboriladi. Voyaga yetmagan mahkumlar ota-onalari yoki ularning o'rnini bosuvchi shaxslar ixtiyoriga jo'natiladi. Ota-onasi yo'q voyaga yetmagan shaxslar, zarur hollarda, internatlarga jo'natiladi yoki homiylar qaramog'iga beriladi.
lex.uz’dagi asl matn

Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?

Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing

Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.

Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.