Jazoni o'tash davrida ozodlikdan mahrum etishga hukm qilingan shaxslarning saqlash sharoiti bir muassasa doirasida yoki boshqa turdagi muassasaga o'tkazish yo'li bilan yengillashtirilishi yoxud og'irlashtirilishi mumkin.
Mahkumlarni saqlash sharoiti rag'batlantirish tarzida quyidagicha yengillashtirilishi mumkin:
muassasa boshlig'ining qaroriga binoan — ushbu Kodeksning 102, 104-moddalariga muvofiq;
sud tomonidan — Jinoyat-protsessual kodeksining 537-moddasiga muvofiq.
Mahkumlarni saqlash sharoiti intizomiy jazo tarzida quyidagicha og'irlashtirilishi mumkin:
muassasa boshlig'ining qaroriga binoan — ushbu Kodeksning 105, 106-moddalariga muvofiq;
sud tomonidan — Jinoyat-protsessual kodeksining 537-moddasi va 542-moddasining ikkinchi qismiga muvofiq.
lex.uz’dagi asl matn61-modda. Mahkumlarni saqlash sharoitining o'zgartirilishi
(61-модданинг учинчи қисми учинчи хатбошиси Ўзбекистон Республикасининг 2007 йил 13 декабрдаги ЎРҚ-124-сонли Қонуни таҳририда — ЎР ҚҲТ, 2007 й., 50-51-сон, 503-модда)
Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?
Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing
Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.
Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.