Jazoni ijro etish muassasalarida rejim jazodan ko'zlangan maqsadga erishish uchun belgilanadi.
Rejim quyidagilarni ta'minlaydi:
mahkumlarni batamom ajratib qo'yish, ularni qo'riqlash va nazorat qilib turishni;
mahkumlarning huquqlari va qonuniy manfaatlarini ro'yobga chiqarish, shuningdek ularning o'z majburiyatlarini ado etishini;
muayyan toifadagi mahkumlarni alohida-alohida saqlashni;
muassasa turiga qarab mahkumlarni har xil sharoitda saqlashni;
mahkumlarning va muassasa xodimlarining xavfsizligini.
Jazoni ijro etish muassasalarida rejim O'zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi tomonidan tasdiqlangan Ichki tartib qoidalari va boshqa normativ hujjatlar bilan tartibga solinadi.
lex.uz’dagi asl matn62-modda. Rejimning asosiy talablari
Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?
Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing
Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.
Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.