Jinoyat-ijroiya kodeksi

96-modda. Ijtimoiy soliqni to'lash va mahkumlarning pensiya ta'minoti

(96-модданинг номи Ўзбекистон Республикасининг 2023 йил 15 февралдаги ЎРҚ-817-сонли Қонуни таҳририда — Қонунчилик маълумотлари миллий базаси, 16.02.2023 й., 03/23/817/0091-сон)

Jazoni ijro etish muassasalarining ozodlikdan mahrum etishga hukm qilingan shaxslar mehnatiga haq to'lashga doir xarajatlari ijtimoiy soliq bo'yicha soliq solish ob'yektidir. Ijtimoiy soliq to'langan davr ozodlikdan mahrum etishga hukm qilingan shaxslarning umumiy mehnat stajiga qo'shib hisoblanadi. Muassasa ma'muriyati mahkumning jazoni o'tashi davrida soliq to'langanligi haqidagi ma'lumotnomani: mahkum jazoni ijro etish muassasasidan ozod qilinishidan kamida uch ish kuni oldin O'zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi byudjetdan tashqari Pensiya jamg'armasining tuman (shahar) bo'limiga elektron tarzda yuboradi; jazoni ijro etish muassasasidan ozod qilinayotganida mahkumga qog'oz shaklida beradi. Ozodlikdan mahrum etishga hukm qilingan shaxslarga tayinlangan pensiyani to'lash ozodlikdan mahrum qilingan vaqtda to'xtatib turiladi, bundan manzil-koloniyalarda jazoni o'tayotgan mahkumlar mustasno. Manzil-koloniyalarda jazoni o'tayotgan, ozodlikdan mahrum etishga hukm qilingan shaxslar pensiyani qonunchilikda belgilangan tartibda olishi mumkin. Manzil-koloniyalarda jazoni o'tayotgan ozodlikdan mahrum etishga hukm qilingan shaxslarga pensiya tayinlash va to'lash manzil-koloniya joylashgan yerdagi O'zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi byudjetdan tashqari Pensiya jamg'armasining tuman (shahar) bo'limlari tomonidan tegishli pensiya summalarini mahkumlarning shaxsiy hisobvaraqlariga o'tkazish yo'li bilan amalga oshiriladi. Jazoni ijro etish muassasalaridan ozod qilingan shaxslar qonunchilikka muvofiq davlat pensiya ta'minoti huquqiga ega bo'ladi.
lex.uz’dagi asl matn

Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?

Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing

Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.

Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.