Jinoyat-ijroiya kodeksi

97-modda. Mahkumlar bilan tarbiyaviy ish olib borish

(97-модда Ўзбекистон Республикасининг 2026 йил 15 январдаги ЎРҚ-1114-сонли Қонунига асосан олтинчи қисм билан тўлдирилган — Қонунчилик маълумотлари миллий базаси, 16.01.2026 й., 03/26/1114/0047-сон. Кучга кириш санаси — 2026 йил 17 апрель)

Tarbiyaviy ish ozodlikdan mahrum etishga hukm qilingan shaxslarni axloqan tuzatishning asosiy vositalaridan biri bo'lib, mahkumlarda qonun talablariga va jamiyatda qabul qilingan xulq-atvor qoidalariga rioya etishga, shuningdek bilim va madaniy saviyasini oshirishga intilishni shakllantirishga qaratilgan. Jazoni ijro etish muassasalarida ma'naviy, huquqiy, jismoniy va boshqa tarbiya olib boriladi. Tarbiyaviy ish yakka tartibda, guruh bilan va ommaviy shaklda olib boriladi. Tarbiyaviy ish tabaqalashtirish asosida, muassasa turini, jazo muddatini va saqlash sharoitini, shuningdek mahkum shaxsining xususiyatlarini hisobga olgan holda tashkil etiladi. Mahkumlar bilan tarbiyaviy ish olib borishda matbuot, radio, televideniye, kinofilmlardan, kutubxona va boshqa vositalardan foydalaniladi. Jazoni ijro etish muassasalari adabiyotlar bilan, shu jumladan mahkumlarda to'g'ri ma'naviy-axloqiy qadriyatlarni shakllantirishga qaratilgan, belgilangan tartibda tasdiqlangan adabiyotlar ro'yxatidagi kitoblar bilan ta'minlanishi shart. Tarbiyaviy ishlar bosqichma-bosqich ravishda quyidagicha amalga oshiriladi: ozodlikdan mahrum etishga hukm qilingan shaxs jazoni ijro etish muassasasiga kelgan vaqtda uning psixologik qiyofasini, tuzalish yo'liga o'tishga moyilligini aniqlagan holda uni dastlabki tarzda o'rganish; ozodlikdan mahrum etishga hukm qilingan shaxslarning ongini o'zgartirish bo'yicha tadbirlar o'tkazish, ularda sodir etgan jinoyatidan pushaymon bo'lish hissini uyg'otish; ozodlikdan mahrum etishga hukm qilingan shaxslarning talab mavjud bo'lgan kasblar va mutaxassisliklarga oid kasbiy ta'limini tashkil etish, o'qishni tugallaganidan so'ng tegishli hujjat berish hamda ularni keyinchalik ishga joylashtirish.
lex.uz’dagi asl matn

Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?

Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing

Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.

Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.