«Kredit axboroti almashinuvi to'g'risida»gi qonun

12-modda. O'zbekiston Respublikasi Markaziy bankining kredit byurolari faoliyatini tartibga solish va nazorat qilish borasidagi vakolatlari

(12-модда биринчи қисмининг тўққизинчи хатбошиси Ўзбекистон Республикасининг 2025 йил 4 мартдаги ЎРҚ-1043-сонли Қонуни таҳририда — Қонунчилик маълумотлари миллий базаси, 05.03.2025 й., 03/25/1043/0217-сон. Кучга кириш санаси — 2025 йил 6 июнь)

O'zbekiston Respublikasi Markaziy banki: kredit axboroti almashinuvi sohasida o'z vakolatlari doirasida normativ-huquqiy hujjatlar qabul qiladi; qonunchilikda belgilangan tartibda kredit byurosini davlat ro'yxatidan o'tkazishni amalga oshiradi va litsenziya beradi, litsenziatlar tomonidan litsenziya talablari va shartlariga rioya etilishini nazorat qiladi, litsenziyaning amal qilishini to'xtatib turadi yoki tugatadi, shuningdek litsenziyani bekor qiladi yoki qayta rasmiylashtiradi. Kredit byurolarining davlat reyestrini va Kredit axborotining davlat reyestrini yuritadi; kredit byurolari uchun ichki audit o'tkazishga, yillik hisobotlar tuzishga, shuningdek kredit axboroti himoya qilinishini ta'minlovchi dasturiy-texnikaviy kompleksning parametrlari va joylashuviga doir majburiy talablarni belgilaydi; kredit byurolarining faoliyatiga taalluqli hisobotlarni va boshqa ma'lumotlarni oladi; kredit byurolarining faoliyatini belgilangan tartibda tekshiradi; kredit byurosining rahbariga nisbatan malaka talablarini belgilaydi; qonunchilik talablarini buzganlik uchun kredit byurolariga nisbatan choralar va sanktsiyalar qo'llaydi. O'zbekiston Respublikasi Markaziy banki qonunchilikka muvofiq kredit byurolarining faoliyatini tartibga solish va nazorat qilish bo'yicha boshqa vakolatlarni ham amalga oshirishi mumkin. Kredit bitimini tuzishi taqiqlangan shaxslarning o'zaro muvofiqlashtirilgan reyestrini kredit byurolari tomonidan yuritish tartibini O'zbekiston Respublikasi Markaziy banki belgilaydi.
lex.uz’dagi asl matn

Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?

Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing

Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.

Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.