O'zbekiston Respublikasi Markaziy banki quyidagi qoidabuzarliklar sodir etilganligi uchun kredit byurolariga nisbatan choralar va sanktsiyalar qo'llaydi:
kredit axboroti almashinuvi to'g'risidagi va kredit byurolari faoliyatini tartibga soluvchi qonunchilik talablariga rioya etmaganlik;
kredit byurolari xizmatlari iste'molchilarining huquqlarini buzganlik;
litsenziya qalbaki hujjatlardan foydalangan holda olinganligi fakti aniqlanganligi.
Ushbu moddaning birinchi qismida ko'rsatilgan qoidabuzarliklar aniqlanganda O'zbekiston Respublikasi Markaziy banki quyidagi choralar va sanktsiyalarni qo'llashga haqli:
kredit byurolariga ularning faoliyatida aniqlangan qoidabuzarliklarni bartaraf etish to'g'risida, shu jumladan kredit byurolari xizmatlari iste'molchilarining huquqlari buzilishiga olib keluvchi sabablarni bartaraf etish haqida bajarilishi majburiy bo'lgan ko'rsatmalar yuborish;
bazaviy hisoblash miqdorining besh ming baravarigacha bo'lgan miqdorda jarima undirish.
Choralar va sanktsiyalarni qo'llashda O'zbekiston Respublikasi Markaziy banki quyidagilarni hisobga oladi:
qoidabuzarliklarning xususiyatini, miqyosini va oqibatlarini;
qoidabuzarliklarning tizimliligi va davomiyligini;
qo'llaniladigan choralar va (yoki) sanktsiyalar natijasida vaziyatni o'zgartirish imkoniyatini;
aniqlangan qoidabuzarliklarning yuzaga kelishiga olib kelgan sabablarni;
ilgari qo'llanilgan choralar va sanktsiyalarning samaradorligini (natijadorligini).
lex.uz’dagi asl matn«Kredit axboroti almashinuvi to'g'risida»gi qonun
12¹-modda. Kredit byurolariga nisbatan qo'llaniladigan choralar va sanktsiyalar
(12¹-модда Ўзбекистон Республикасининг 2025 йил 4 мартдаги ЎРҚ-1043-сонли Қонунига асосан киритилган — Қонунчилик маълумотлари миллий базаси, 05.03.2025 й., 03/25/1043/0217-сон. Кучга кириш санаси — 2025 йил 6 июнь. Мазкур модданинг иккинчи қисми учинчи хатбошиси 2026 йил 1 июлдан эътиборан амалга киритилади)
Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?
Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing
Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.
Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.