Kredit axboroti kredit axborotini yetkazib beruvchilar tomonidan kredit axboroti almashinuvi to'g'risidagi shartnoma asosida kredit byurolariga taqdim etiladi.
Qonunchilikka muvofiq taqdim etilishiga ruxsat berilgan axborotni:
banklar va nobank kredit tashkilotlari, shuningdek mikromoliya tashkiloti faoliyatini amalga oshiruvchi to'lov tashkilotlari — Kredit axborotining davlat reyestriga va kredit byurolariga;
lizing, sug'urta tashkilotlari, tovar iste'mol kreditlarini beruvchi tashkilotlar — kredit byurolariga taqdim etishi shart.
Kredit axboroti, qoida tariqasida, elektron shaklda taqdim etiladi. Kredit axborotining qog'ozda taqdim etilishi kredit axboroti almashinuvi to'g'risidagi shartnomada belgilanadi.
Kredit axborotini yetkazib beruvchilar kredit axborotini kredit byurolariga kredit axboroti sub'yektining roziligisiz taqdim etadi.
Kredit byurolari kredit axboroti sub'yektining roziligisiz o'zaro kredit axborotini almashishi mumkin.
Kredit axborotini belgilangan tartibda kredit byurolariga taqdim etish tijorat, bank sirining yoki qonun bilan qo'riqlanadigan boshqa sirning buzilishi deb hisoblanmaydi.
lex.uz’dagi asl matn«Kredit axboroti almashinuvi to'g'risida»gi qonun
16-modda. Kredit axborotini kredit byurolariga taqdim etish
(16-модданинг иккинчи қисми Ўзбекистон Республикасининг 2025 йил 4 мартдаги ЎРҚ-1043-сонли Қонуни таҳририда — Қонунчилик маълумотлари миллий базаси, 05.03.2025 й., 03/25/1043/0217-сон. Кучга кириш санаси — 2025 йил 6 июнь)
Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?
Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing
Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.
Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.