Ushbu Qonunda quyidagi asosiy tushunchalar qo'llaniladi:
kredit bitimi — kredit, qarz, lizing, faktoring, sug'urta shartnomasi hamda pul mablag'lari va boshqa mol-mulkni qarzga berishni, shu jumladan tovarlar, ishlar va xizmatlar uchun to'lovni bo'nak (oldindan to'lash), kechiktirib yoki bo'lib-bo'lib to'lash tarzida berishni nazarda tutuvchi boshqa shartnomalar;
kredit axboroti almashinuvi — kredit byurosi, kredit axboroti sub'yekti, kredit axborotini yetkazib beruvchi va kredit axborotidan foydalanuvchining kredit tarixini shakllantirish hamda kredit hisobotini taqdim etish maqsadida kredit axborotini yig'ish, unga ishlov berish, uni tahlil qilish, saqlash, taqdim etish, undan foydalanish va kredit axborotini himoya qilish borasidagi hamkorligi;
kredit axboroti sub'yekti — kredit bitimi bo'yicha tegishincha qarz oluvchi (qarzdor), lizing oluvchi, kafil, kafolat beruvchi, garovga qo'yuvchi va sug'urta qildiruvchi sifatida ishtirok etuvchi yuridik yoki jismoniy shaxs, shuningdek o'zining kredit bitimi tuzishini taqiqlash yoki bunday taqiqni olib tashlash to'g'risida kredit byurolariga ma'lumotlar kiritish haqida ariza bergan jismoniy shaxs;
kredit axborotini yetkazib beruvchi — kredit axborotini kredit byurosiga taqdim etuvchi yuridik yoki jismoniy shaxs;
kredit axborotidan foydalanuvchi — kredit bitimi bo'yicha tegishincha kreditor, lizing beruvchi, garovga oluvchi va sug'urtalovchi sifatida ishtirok etuvchi yuridik yoki jismoniy shaxs, shuningdek qonunchilikka muvofiq kredit axborotidan foydalanish vakolatiga ega bo'lgan yuridik shaxs;
kredit bitimi tuzishi taqiqlangan shaxslar reyestri — kredit bitimi tuzishi taqiqlangan jismoniy shaxslar to'g'risidagi axborotni o'z ichiga olgan va kredit byurolari tomonidan yuritiladigan yagona ma'lumotlar bazasi.
lex.uz’dagi asl matn«Kredit axboroti almashinuvi to'g'risida»gi qonun
3-modda. Asosiy tushunchalar
(3-модданинг тўртинчи хатбошиси Ўзбекистон Республикасининг 2025 йил 4 мартдаги ЎРҚ-1043-сонли Қонуни таҳририда — Қонунчилик маълумотлари миллий базаси, 05.03.2025 й., 03/25/1043/0217-сон. Кучга кириш санаси — 2025 йил 6 июнь)
Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?
Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing
Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.
Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.