Kredit axboroti — kredit bitimining holati, berilgan ta'minot bo'yicha (garov, kafolat, kafillik, kreditni to'lamaslik xavfini sug'urtalash va ta'minotning boshqa turlari bo'yicha) majburiyatlarning bajarilishi haqidagi ma'lumotlar, shuningdek kredit axboroti sub'yektining kredit qobiliyatini, moliyaviy holatini, to'lov qobiliyatini, to'lov intizomini va o'zga sifatlarini aniqlashga ko'maklashuvchi boshqa axborot, shu jumladan:
kredit axboroti sub'yektini va kredit axborotini yetkazib beruvchini identifikatsiyalash imkonini beradigan;
kredit axboroti sub'yektining fuqarolik-huquqiy shartnoma bo'yicha pul summasini to'lash majburiyatlari to'g'risidagi;
kredit axboroti sub'yektiga aloqador shaxslar to'g'risidagi;
kredit bitimi tuzishi taqiqlangan shaxslar reyestrida jismoniy shaxsning kredit bitimi tuzishi taqiqi mavjudligi haqidagi yoki bunday taqiq olib tashlanganligi to'g'risidagi;
kredit bitimi bilan bog'liq mol-mulk to'g'risidagi ma'lumotlar.
lex.uz’dagi asl matn«Kredit axboroti almashinuvi to'g'risida»gi qonun
4-modda. Kredit axboroti
(4-модда Ўзбекистон Республикасининг 2025 йил 4 мартдаги ЎРҚ-1043-сонли Қонунига асосан бешинчи хатбоши билан тўлдирилган — Қонунчилик маълумотлари миллий базаси, 05.03.2025 й., 03/25/1043/0217-сон. Кучга кириш санаси — 2025 йил 6 июнь)
Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?
Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing
Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.
Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.