Kredit byurosi — qonunchilikda belgilangan tartibda tashkil etilgan va kredit axboroti almashinuvini amalga oshirish bo'yicha xizmatlar ko'rsatuvchi yuridik shaxs.
Kredit byurosi ustav fondining (ustav kapitalining) eng kam miqdori ikki milliard so'mni tashkil etishi kerak.
Kredit byurosining faoliyati litsenziya asosida amalga oshiriladi.
Kredit byurosi o'zining firma nomi davlat tilida to'liq yozilgan hamda joylashgan yeri ko'rsatilgan yumaloq muhrga ega bo'lishga haqli. Muhrda bir vaqtning o'zida firmaning nomi boshqa istalgan tilda ham ko'rsatilishi mumkin.
Kredit byurosining firma nomida «kredit byurosi» degan so'z birikmasi yozilgan bo'lishi kerak. Ushbu Qonun talablariga javob bermaydigan yuridik shaxs o'z nomida «kredit byurosi» degan so'z birikmasidan foydalanishga haqli emas.
Kredit byurosi o'zining firma nomi yozilgan shtamplarga, blankalarga va o'z emblemasiga ega bo'lishga haqli.
lex.uz’dagi asl matn«Kredit axboroti almashinuvi to'g'risida»gi qonun
7-modda. Kredit byurosi
(7-модда Ўзбекистон Республикасининг 2025 йил 4 мартдаги ЎРҚ-1043-сонли Қонунига асосан иккинчи қисм билан тўлдирилган — Қонунчилик маълумотлари миллий базаси, 05.03.2025 й., 03/25/1043/0217-сон. Кучга кириш санаси — 2025 йил 6 июнь)
Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?
Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing
Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.
Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.