Kredit byurosini davlat ro'yxatidan o'tkazish va kredit byurosi faoliyatini amalga oshirish uchun litsenziya (bundan buyon matnda litsenziya deb yuritiladi) berish O'zbekiston Respublikasi Markaziy banki tomonidan amalga oshiriladi.
Kredit byurosini davlat ro'yxatidan o'tkazish va litsenziya berish uchun O'zbekiston Respublikasi Markaziy bankiga joylashgan yeri (pochta manzili) ko'rsatilgan holda ariza berilib, unga quyidagilar ilova qilinadi:
muassislar umumiy yig'ilishining kredit byurosini tashkil etish to'g'risidagi bayonnomasi yoki yagona muassisning kredit byurosini tashkil etish haqidagi qarori;
kredit byurosining ta'sis hujjatlari;
kredit byurosining rahbari va muassislari (muassisi) haqidagi ma'lumotlar;
kredit axborotini ruxsat etilmagan holda unga kirishdan, yo'q qilib yuborishdan, o'zgartirishdan, undan foydalanishdan yoki uni oshkor etishdan himoya qilishni ta'minlovchi dasturiy-texnikaviy kompleksning parametrlari va joylashuvi O'zbekiston Respublikasi Markaziy banki tomonidan belgilangan talablarga muvofiqligini tasdiqlovchi hujjatlar;
kredit byurosining ustav fondi (ustav kapitali) shakllantirilganligini tasdiqlovchi bank hujjati;
kredit byurosi binosida nogironligi bo'lgan shaxslar uchun shaharsozlik normalari va qoidalarida belgilangan talablarga muvofiq qulay shart-sharoitlar yaratilganligi bo'yicha Qurilish va uy-joy kommunal xo'jaligi sohasida nazorat qilish inspektsiyasining xulosasi.
O'zbekiston Respublikasi Markaziy banki davlat ro'yxatidan o'tkazish va litsenziya berish uchun hujjatlar taqdim etilgan kundan e'tiboran o'ttiz kun ichida kredit byurosini davlat ro'yxatidan o'tkazishni amalga oshiradi va litsenziya beradi.
Kredit byurosining ta'sis hujjatlariga kiritilgan o'zgartishlar va qo'shimchalar qonunchilikda nazarda tutilgan tartibda O'zbekiston Respublikasi Markaziy bankida ro'yxatdan o'tkazilishi kerak.
Kredit byurosini davlat ro'yxatidan o'tkazganlik uchun davlat bojining miqdori qonunda belgilanadi. Kredit byurosiga litsenziya berganlik uchun davlat boji undirilmaydi.
lex.uz’dagi asl matn«Kredit axboroti almashinuvi to'g'risida»gi qonun
8-modda. Kredit byurosini davlat ro'yxatidan o'tkazish va kredit byurosi faoliyatini amalga oshirish uchun litsenziya berish
(8-модданинг иккинчи қисми Ўзбекистон Республикасининг 2026 йил 27 мартдаги ЎРҚ-1126-сонли Қонунига асосан еттинчи хатбоши билан тўлдирилган — Қонунчилик маълумотлари миллий базаси, 28.03.2026 й., 03/26/1126/0279-сон. Кучга кириш санаси — 2026 йил 29 июнь)
Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?
Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing
Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.
Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.