«Mas'uliyati cheklangan jamiyatlar to'g'risida»gi qonun

22-modda. Jamiyatning ustav fondidagi (ustav kapitalidagi) ulushlar garovi

Jamiyatning ishtirokchisi jamiyatning ustav fondidagi (ustav kapitalidagi) o'ziga tegishli ulushni (ulushning bir qismini) jamiyatning boshqa ishtirokchisiga yoki, agar bu jamiyatning ustavida taqiqlanmagan bo'lsa, jamiyatning roziligi bilan uchinchi shaxsga jamiyat barcha ishtirokchilarining ko'pchilik ovozi bilan, agar bunday qarorni qabul qilish uchun jamiyatning ustavida bundan ham ko'proq ovozlar soni nazarda tutilmagan bo'lsa, qabul qilingan jamiyat ishtirokchilari umumiy yig'ilishining qaroriga binoan garovga qo'yishga haqli. O'z ulushini (ulushining bir qismini) garovga qo'yish niyatida bo'lgan jamiyat ishtirokchisining ovozlari ovoz berish natijalarini aniqlashda hisobga olinmaydi.
lex.uz’dagi asl matn

Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?

Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing

Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.

Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.