Jamiyat o'z ustavida nazarda tutilgan miqdorda zaxira fondini tashkil etishi mumkin. Jamiyatning zaxira fondi jamiyat ustavida belgilangan miqdorga yetguniga qadar har yili sof foydadan ajratmalar qilish yo'li bilan shakllantiriladi. Har yilgi ajratmalar miqdori jamiyatning ustavida nazarda tutiladi, lekin u jamiyatning ustavida belgilangan miqdorga yetguniga qadar sof foydaning besh foizidan kam bo'lishi mumkin emas.
Jamiyatning zaxira fondi ushbu Qonunda nazarda tutilgan hollarda uning zararlari o'rnini qoplash va jamiyat tomonidan jamiyatning ustav fondidagi (ustav kapitalidagi) ulushni (ulushning bir qismini) olish uchun mo'ljallangandir.
lex.uz’dagi asl matn«Mas'uliyati cheklangan jamiyatlar to'g'risida»gi qonun
28-modda. Jamiyatning zaxira fondi
Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?
Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing
Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.
Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.