Jamiyat obligatsiyalarni qonunchilikda belgilangan tartibda chiqarishga va joylashtirishga haqli.
Jamiyat tomonidan obligatsiyalarni chiqarish ishtirokchilarning umumiy yig'ilishi qaroriga yoki, agar jamiyat ustavida jamiyatning kuzatuv kengashiga bunday qaror qabul qilish vakolati berilgan bo'lsa, jamiyat kuzatuv kengashining qaroriga ko'ra amalga oshiriladi.
Jamiyat tomonidan obligatsiyalar chiqarishga uning ustav fondi (ustav kapitali) to'liq to'langanidan keyin ruxsat etiladi.
Obligatsiyalarni chiqargan jamiyat tomonidan joylashtirish yo'li bilan oshkor etilishi majburiy bo'lgan muhim fakt va boshqa axborot qimmatli qog'ozlar bozori to'g'risidagi qonunchilik hujjatlarida belgilanadi.
Jamiyat tomonidan korporativ obligatsiyalarini chiqarish haqidagi qaror qabul qilingan sanadan e'tiboran ikki ish kuni ichida Korporativ axborotning yagona portaliga va o'z rasmiy veb-saytiga muhim fakt sifatida joylashtirish yo'li bilan oshkor qilinadi.
lex.uz’dagi asl matn«Mas'uliyati cheklangan jamiyatlar to'g'risida»gi qonun
29-modda. Jamiyat tomonidan obligatsiyalarni chiqarish va joylashtirish
Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?
Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing
Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.
Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.