Bir yoki bir necha shaxs tomonidan ta'sis etilgan, ustav fondi (ustav kapitali) ta'sis hujjatlari bilan belgilangan miqdorlarda ulushlarga bo'lingan xo'jalik jamiyati mas'uliyati cheklangan jamiyat (bundan buyon matnda jamiyat deb yuritiladi) deb hisoblanadi.
Jamiyat qonunchilikda belgilangan tartibda davlat ro'yxatidan o'tkazilgan paytdan e'tiboran yuridik shaxs maqomiga ega bo'ladi.
Jamiyat qonunchilikda belgilangan tartibda boshqa yuridik shaxslarning muassisi bo'lishga yoki ularning ustav fondida (ustav kapitalida) boshqacha tarzda ishtirok etishga, vakolatxonalar va filiallar tuzishga haqlidir.
Jamiyat, agar uning ta'sis hujjatlarida boshqacha qoida belgilanmagan bo'lsa, nomuayyan muddatga tuziladi.
Jamiyat o'zining to'liq firma nomi davlat tilida ifodalangan va jamiyatning joylashgan yeri ko'rsatilgan dumaloq shakldagi muhrga ega bo'lishga haqli. Jamiyatning muhrida uning firma nomi jamiyatning tanloviga ko'ra ta'sis hujjatlarida ko'rsatilgan boshqa tillarda ham ifodalanishi mumkin.
Jamiyat o'zining firma nomi yozilgan shtamplariga va blankalariga, o'z emblemasiga, shuningdek belgilangan tartibda ro'yxatdan o'tkazilgan tovar va (yoki) xizmat ko'rsatish belgilariga hamda fuqarolik muomalasi ishtirokchilarini, tovarlar, ishlar va xizmatlarni individuallashtiruvchi boshqa vositalarga ega bo'lishga haqli.
Jamiyat o'zining mustaqil balansida hisobga olinadigan alohida mol-mulkka ega bo'ladi, o'z nomidan huquqlarni olishi, majburiyatlarni o'z zimmasiga olishi, sudda da'vogar yoki javobgar bo'lishi mumkin.
Jamiyat qonunchilikda taqiqlanmagan har qanday faoliyat turlarini amalga oshirishi mumkin.
Jamiyat o'z ta'sis hujjatlarida ko'rsatilmagan faoliyat turi bilan ham shug'ullanishi mumkin.
Ro'yxati qonunda belgilanadigan ayrim faoliyat turlari bilan jamiyat faqat litsenziya yoki ruxsat etish xususiyatiga ega hujjatlar asosida yoxud xabardor qilish tartibida shug'ullanishi mumkin.
lex.uz’dagi asl matn«Mas'uliyati cheklangan jamiyatlar to'g'risida»gi qonun
3-modda. Mas'uliyati cheklangan jamiyatning huquqiy holati
Oddiy tilda
NIMANI ANGLATADI
Mas'uliyati cheklangan jamiyat — bir yoki bir necha kishi tomonidan tashkil etilgan xojalik tashkiloti. Bu tashkilotning egasi o'z qo'ygan pul miqdoriga qadar javobgar bo'ladi, lekin shaxsiy mulkiga javobgarlik kengaytirilmaydi. Jamiyat davlat ro'yxatiga kiritilgandan keyin to'liq huquqli yuridik shaxs bo'lib ishlaydi.
KIMGA TEGISHLI
Bu qonun mas'uliyati cheklangan jamiyatlarni tashkil etuvchi va ularning faoliyatini boshqaruvchi shaxslarga tegishli.
AMALDA
Agar siz do'stingiz bilan 100 million so'mni qo'yib do'kon ochsangiz, do'konning qarziga shuning o'zi javob beradi. Agar do'kon 50 million so'mga qarz olsa, siz faqat o'z 50 million so'mingizni yo'qotasiz, shaxsiy uyingiz va mashinangiz xavfda emas.
Izoh sun’iy intellekt tomonidan tayyorlangan, rasmiy sharh emas.
Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?
Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing
Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.
Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.