Jamiyat ustavida jamiyatning taftish komissiyasini tuzish (taftishchisini saylash) nazarda tutilishi mumkin. Jamiyatning ishtirokchisi bo'lmagan shaxs ham jamiyat taftish komissiyasining a'zosi (taftishchisi) bo'lishi mumkin.
Agar jamiyat ustavida nazarda tutilgan bo'lsa, jamiyatning taftish komissiyasi (taftishchisi) vazifasini jamiyat, jamiyat kuzatuv kengashining a'zolari, ishonchli boshqaruvchi, jamiyatning yakkaboshchilik asosidagi ijro etuvchi organi vazifasini bajaruvchi shaxs, kollegial ijro etuvchi organi a'zolari va jamiyat ishtirokchilari bilan mulkiy manfaatlar bog'lab turmaydigan auditorlik tashkiloti amalga oshirishi mumkin.
Jamiyat kuzatuv kengashining a'zolari, yakkaboshchilik asosidagi ijro etuvchi organi vazifasini amalga oshiruvchi shaxs va jamiyatning kollegial ijro etuvchi organi a'zolari jamiyat taftish komissiyasining a'zolari (taftishchisi) bo'lishi mumkin emas.
Jamiyatning taftish komissiyasi (taftishchisi) jamiyat ishtirokchilari umumiy yig'ilishi tomonidan jamiyatning ustavida belgilangan muddatga saylanadi.
Jamiyat taftish komissiyasi a'zolarining soni jamiyatning ustavida belgilanadi.
Jamiyatning moliya-xo'jalik faoliyati taftish komissiyasining (taftishchisining) tashabbusiga, ishtirokchilar umumiy yig'ilishining, kuzatuv kengashining qaroriga yoki jamiyat ishtirokchilari umumiy ovozlari sonining kamida o'ndan bir qismiga ega bo'lgan jamiyat ishtirokchilarining talabiga binoan bir yillik yoki boshqa davr uchun faoliyat yakunlariga ko'ra tekshiriladi.
Jamiyat taftish komissiyasining (taftishchisining) talabiga binoan jamiyat kuzatuv kengashining a'zolari, jamiyatning yakkaboshchilik asosidagi ijro etuvchi organi vazifasini amalga oshiruvchi shaxs, jamiyatning kollegial ijro etuvchi organi a'zolari, shuningdek jamiyatning xodimlari og'zaki yoki yozma shaklda zarur tushuntirishlar berishi shart.
Jamiyatning taftish komissiyasi (taftishchisi) jamiyatning yillik hisobotlarini va buxgalteriya balanslarini ular jamiyat ishtirokchilarining umumiy yig'ilishida tasdiqlanguniga qadar majburiy tartibda tekshirishdan o'tkazadi.
Jamiyat taftish komissiyasining (taftishchisining) ish tartibi jamiyatning hujjatlari bilan belgilanadi.
lex.uz’dagi asl matn«Mas'uliyati cheklangan jamiyatlar to'g'risida»gi qonun
51-modda. Jamiyatning taftish komissiyasi (taftishchisi)
Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?
Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing
Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.
Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.