Xodimga dam olish uchun emas, balki boshqa maqsadlarda beriladigan, xodimni mehnat majburiyatlarini bajarishdan ozod etish davrlari dam olish vaqtiga kirmaydi. Bunday davrlar jumlasiga quyidagilar kiradi:
mehnat shartnomasi ish beruvchining tashabbusiga ko'ra bekor qilinishi to'g'risidagi ogohlantirish muddati davrida xodimga ishga joylashish uchun beriladigan ishdan bo'sh bo'linadigan qo'shimcha kunlar;
o'n olti yoshga to'lguniga qadar nogironligi bo'lgan bolani tarbiyalayotgan ota-onadan biriga (ota-onaning o'rnini bosuvchi shaxsga) beriladigan ishdan bo'sh bo'linadigan qo'shimcha kunlar;
homilador ayollarga beriladigan ishdan bo'sh bo'linadigan kunlar;
donorlarning tibbiy tekshiruv kunida hamda qon va uning tarkibiy qismlari topshiriladigan kunda ishdan ozod etilishi;
ijtimoiy ta'tillar: homiladorlik va tug'ish ta'tillari, bolani parvarishlash ta'tillari, o'quv ta'tillari va ijodiy ta'tillar;
xodim tomonidan davlat yoki jamoat majburiyatlari bajariladigan davrlar;
ish beruvchining va mehnat jamoasining manfaatlarini ko'zlab majburiyatlar bajariladigan davrlar;
xodimning vaqtincha mehnatga qobiliyatsizlik davrlari;
xodimga dam olish uchun emas, balki mehnat to'g'risidagi qonunchilikda va mehnat haqidagi boshqa huquqiy hujjatlarda belgilangan o'zga maqsadlarda beriladigan, xodimni mehnat majburiyatlarini bajarishdan ozod etishning boshqa davrlari.
lex.uz’dagi asl matn202-modda. Xodimni mehnat majburiyatlarini bajarishdan ozod etishning dam olish vaqti bo'lmagan davrlari
Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?
Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing
Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.
Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.