Mehnat kodeksi

331-modda. Boquvchining yo'qotilgan ish haqi o'rnini qoplash uchun amalga oshiriladigan har oylik to'lovlar miqdori

Vafot etgan boquvchining qaramog'ida bo'lgan va uning vafoti munosabati bilan yetkazilgan ziyonning o'rni qoplanishiga doir huquqqa ega bo'lgan mehnatga qobiliyatsiz shaxslarga nisbatan ziyonning miqdori marhumning o'rtacha oylik ish haqi miqdorida, uning o'ziga tegishli bo'lgan ulushni va uning qaramog'ida bo'lgan, ammo ziyonning o'rni qoplanishiga doir huquqqa ega bo'lmagan mehnatga qobiliyatli shaxslarning ulushi chegirib tashlangan holda belgilanadi. Ziyonning o'rni qoplanishiga doir huquqqa ega bo'lgan shaxslarning har biriga nisbatan ziyonning o'rnini qoplash miqdorini aniqlash uchun boquvchi ish haqining ushbu shaxslarning barchasiga to'g'ri keladigan qismi ularning soniga bo'linadi. Marhumning qaramog'ida bo'lmagan, ammo ziyonning o'rni qoplanishiga doir huquqqa ega bo'lgan mehnatga qobiliyatsiz shaxslar uchun uning miqdori quyidagi tartibda belgilanadi, agar: ta'minot mablag'i sud tartibida undirilgan bo'lsa, u holda ziyonning o'rnini qoplash sud tomonidan tayinlangan miqdorda belgilanadi; ta'minot mablag'i sud tartibida undirilmagan bo'lsa, u holda ziyonning o'rnini qoplash ularning moddiy ahvoli hamda marhumning hayotlik vaqtida ularga yordam ko'rsatish imkoniyati hisobga olingan holda belgilanadi. Agar marhumning qaramog'ida bo'lgan shaxslar ham, uning qaramog'ida bo'lmagan shaxslar ham ziyonning o'rni qoplanishiga doir huquqqa ega bo'lsa, avvalo marhumning qaramog'ida bo'lmagan shaxslarga ziyonning o'rnini qoplash miqdori belgilanadi. Ular uchun belgilangan ziyonning o'rnini qoplash summasi boquvchining ish haqidan chegirib tashlanadi, so'ngra ish haqining qolgan miqdoridan kelib chiqib, marhumning qaramog'ida bo'lgan shaxslarga ziyonning o'rnini qoplash miqdori ushbu moddaning birinchi va ikkinchi qismlarida nazarda tutilgan tartibda belgilanadi. Boquvchini yo'qotganligi munosabati bilan ziyonning o'rni qoplanishiga doir huquqqa ega bo'lgan shaxslarga tayinlangan boquvchisini yo'qotganlik pensiyasi, xuddi shuningdek boshqa pensiya, ish haqi, stipendiya va o'zga daromadlar ziyonning o'rnini qoplash hisobiga kiritilmaydi. Bunda qaramoqdagi har bir shaxsga tegishli ziyonning o'rnini qoplash summasi qonunchilikda belgilangan mehnatga haq to'lash eng kam miqdorining ellik foizidan kam bo'lmasligi kerak. Qonunchilikda belgilangan mehnatga haq to'lashning eng kam miqdori oshishi bilan qaramoqdagi har bir shaxs uchun ziyonning o'rnini qoplash summasi ham mutanosib ravishda oshadi.
lex.uz’dagi asl matn

Oddiy tilda

NIMANI ANGLATADI 331-modda boquvchining vafoti natijasida uning qaramog'ida bo'lgan mehnatga qobiliyatsiz shaxslarga to'lanadigan oylik kompensatsiya miqdorini belgilaydi. Bu pul marhumning o'rtacha oylik ish haqi asosida hisoblanadi va qaramog'idagi har bir kishi uchun alohida miqdorda belgilanadi. Agar qaramog'ida bo'lmagan shaxslar ham huquqqa ega bo'lsa, avvalo ularning ulushi chiqariladi, keyin qolgan pul qaramog'idagilarga taqsimlanadi. KIMGA TEGISHLI Bu huquq boquvchining vafoti munosabati bilan moddiy qiyinchilikka uchragan mehnatga qobiliyatsiz oila a'zolariga tegishli. AMALDA Agar boquvchi oyiga 5 million so'm ish haqi olgan bo'lib, uning 3 ta qaramog'idagi bolasi bo'lsa, har bir bolaga oyiga taxminan 1,6-1,7 million so'm to'lanadi. Agar boquvchining ota-onasi ham qaramog'ida bo'lmagan holda huquqqa ega bo'lsa, avvalo ularning ulushi belgilanadi, keyin qolgan pul bolalarga taqsimlanadi.

Izoh sun’iy intellekt tomonidan tayyorlangan, rasmiy sharh emas.

Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?

Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing

Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.

Bu masala bo‘yicha hujjat kerakmi?Mehnat nizosi bo‘yicha sudga arizaIsh haqi, bo‘shatish yoki hisob-kitob bo‘yicha da’vo. Mehnat da’volarida davlat boji yo‘q.Bepul sinab ko‘ring — oyiga 5 ta hujjat

Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.