Ijtimoiy-mehnat masalalari bo'yicha komissiya a'zosining faoliyati komissiya vakolatlarining muddati tugashi munosabati bilan, shuningdek quyidagi hollarda muddatidan oldin tugatilishi mumkin:
qaysi xolisona sabablar oqibatida ijtimoiy-mehnat masalalari bo'yicha komissiya a'zosi o'z faoliyatini amalga oshirishi mumkin bo'lmasa, o'sha sabablar mavjud bo'lgan taqdirda (vafot etganligi, komissiya a'zosi sifatida faoliyatini davom ettirish imkoniyatini istisno etuvchi sud hukmining mavjudligi va boshqalar);
komissiya a'zosini u vakillik qilayotgan taraf chaqirib olganda;
komissiya a'zosi o'zini o'zi rad etganda.
Ijtimoiy-mehnat masalalari bo'yicha komissiya a'zosining faoliyati muddatidan oldin tugatilgan taqdirda, u manfaatlarini ifoda etayotgan taraf o'n kalendar kundan kechiktirmay komissiyaning yangi a'zosini tasdiqlashi kerak.
Agar ijtimoiy-mehnat masalalari bo'yicha komissiya a'zosi uzrli sababga ko'ra (vaqtincha mehnatga qobiliyatsizligi, xizmat safarida, mehnat ta'tilida yoki ijtimoiy ta'tilda bo'lganligi sababli va boshqalar) vaqtincha o'z majburiyatlarini bajara olmasa, mazkur a'zo o'ziga vakillik qilayotgan taraf ushbu komissiya a'zosi bo'lmagan muddat ichida komissiyada mazkur tarafga vakillik qiladigan shaxsni ushbu moddaning ikkinchi qismida ko'rsatilgan muddatda belgilaydi.
lex.uz’dagi asl matn54-modda. Ijtimoiy-mehnat masalalari bo'yicha komissiya a'zosining faoliyatini tugatish yoki uni vaqtincha almashtirish
Oddiy tilda
Nimani anglatadi
Ijtimoiy-mehnat komissiyasining a'zosi o'z vazifasini tugatishi yoki vaqtincha boshqa shaxs bilan almashtirilishi mumkin. A'zoning faoliyati komissiya muddati tugashi yoki maxsus sabablar (o'lim, sud hukmiga ko'ra faoliyat to'xtatilishi) tufayli tugatiladi. Shuningdek, a'zo o'zini rad etsa yoki uni chaqirib olsa ham faoliyat tugatiladi.
Kimga tegishli
Bu qoida ishchi va ish beruvchi tomonidan tayinlangan komissiya a'zolariga tegishli.
Amalda
Agar komissiya a'zosi vaqtincha kasallik yoki ta'tilga ketsa, uning o'rniga boshqa shaxs tayinlanadi. Agar a'zo doimiy ravishda faoliyat ko'rsata olmasa, uni chaqirib olib, yangi a'zo o'n kun ichida tasdiqlash kerak.
Izoh sun’iy intellekt tomonidan tayyorlangan, rasmiy sharh emas.
Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?
Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing
Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.
Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.