Mehnat kodeksi

577-modda. Jamoaviy mehnat nizolarini tartibga solish bo'yicha davlat organlari

(577-модда Ўзбекистон Республикасининг 2026 йил 11 июндаги ЎРҚ-1150-сонли Қонунига асосан еттинчи қисми билан тўлдирилган — Қонунчилик маълумотлари миллий базаси, 11.06.2026 й., 03/06/1150/0587-сон. Кучга кириш санаси — 2026 йил 12 сентябрь)

O'zbekiston Respublikasi Kambag'allikni qisqartirish va bandlik vazirligi, Qoraqalpog'iston Respublikasi Kambag'allikni qisqartirish va bandlik vazirligi hamda viloyatlar va Toshkent shahar kambag'allikni qisqartirish va bandlik bosh boshqarmalari jamoaviy mehnat nizolarini tartibga solish bo'yicha davlat organlaridir. Ish beruvchi jamoaviy mehnat nizosi boshlangan paytdan e'tiboran keyingi ish kunidan kechiktirmay jamoaviy mehnat nizolarini tartibga solish bo'yicha davlat organini tashkilotda nizo yuzaga kelganligi haqida yozma yoki elektron shaklda xabardor qiladi. O'zbekiston Respublikasi Kambag'allikni qisqartirish va bandlik vazirligi: ijtimoiy sheriklikning tarmoq va respublika darajasida yuzaga keladigan jamoaviy mehnat nizolarining hisobini yuritadi; jamoaviy mehnat nizolarini tartibga solishga ko'maklashadi; mehnat arbitrlarini hisobga olish bo'yicha ma'lumotlar bazasini yuritadi; mehnat arbitrlarini tayyorlashni tashkil etadi; jamoaviy mehnat nizosini mehnat arbitrajida ko'rib chiqishga doir ishlarni tashkil etish to'g'risidagi tavsiyalarni tasdiqlaydi. Qoraqalpog'iston Respublikasi Kambag'allikni qisqartirish va bandlik vazirligi hamda viloyatlar va Toshkent shahar kambag'allikni qisqartirish va bandlik bosh boshqarmalari. ijtimoiy sheriklikning birlamchi va hududiy darajasida yuzaga keladigan jamoaviy mehnat nizolarining hisobini yuritadi; jamoaviy mehnat nizolarini tartibga solishga ko'maklashadi. Jamoaviy mehnat nizolarini tartibga solish bo'yicha davlat organlari o'z vakolatlari doirasida: zarur bo'lgan taqdirda, jamoaviy mehnat nizosi taraflari vakillarining vakolatlarini tekshiradi; jamoaviy mehnat nizolarining yuzaga kelish sabablarini aniqlaydi, tahlil qiladi va umumlashtiradi, ularni bartaraf etish yuzasidan takliflar tayyorlaydi; jamoaviy mehnat nizosining taraflariga uni ko'rib chiqish va tartibga solishning barcha bosqichlarida uslubiy yordam ko'rsatadi. Jamoaviy mehnat nizolarini tartibga solish bo'yicha davlat organlari jamoaviy mehnat nizolarini tartibga solishga doir ishlarni tashkil etish chog'ida xodimlar va ish beruvchilarning vakillari bilan hamkorlik qiladi. Jamoaviy mehnat nizolarini tartibga solish bo'yicha davlat organlarining vakolatli xodimlari tashkilotdagi jamoaviy mehnat nizosi to'g'risida xabar olingan paytdan boshlab ish beruvchining ish joyiga jamoaviy mehnat nizosini hal qilish, nizoning sabablarini aniqlash va hal qilishga ko'maklashish uchun xizmat guvohnomasini ko'rsatgan holda moneliksiz tashrif buyurish huquqiga ega.
lex.uz’dagi asl matn

Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?

Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing

Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.

Bu masala bo‘yicha hujjat kerakmi?Mehnat nizosi bo‘yicha sudga arizaIsh haqi, bo‘shatish yoki hisob-kitob bo‘yicha da’vo. Mehnat da’volarida davlat boji yo‘q.Bepul sinab ko‘ring — oyiga 5 ta hujjat

Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.