Favqulodda holat yoki favqulodda vaziyatlar paytida, urush holatida, umumiy safarbarlik e'lon qilingan davrda ish tashlash taqiqlanadi.
Ish tashlashda quyidagilarning qatnashishi mumkin emas hamda ular ishtirokidagi ish tashlash taqiqlangan hisoblanadi:
tibbiyot xodimlari;
davlat organining vakolatlarini amalga oshirish uchun Davlat fuqarolik xizmati lavozimlarining davlat reyestriga kiritilgan shaxslar;
harbiy xizmatchilar, sudyalar, sud va huquqni muhofaza qiluvchi organlarning maxsus (harbiy) unvonlarga yoki martaba (malaka, mansab) darajalariga ega xodimlari;
energiya va suv ta'minoti tizimi tashkilotlari xodimlari;
aloqa tizimi xodimlari.
Fuqarolarning hayoti, sog'lig'i va shaxsiy xavfsizligi uchun faoliyati hayotiy muhim bo'lmagan, biroq aholining kundalik hayotini ta'minlashda muhim o'rin tutadigan tashkilotlarda, shuningdek ish tashlash davomiyligi va ko'lami tufayli aholining odatdagi turmush sharoitlariga tahdid soluvchi xizmatlarda (sohalarda) minimal zarur ishlar (xizmatlar) majburiy joriy etilishi mumkin.
Ushbu moddaning uchinchi qismida nazarda tutilgan minimal zarur ishlar (xizmatlar) va ular amalga oshirilishi lozim bo'lgan tashkilotlar (xizmatlar, sohalar) ro'yxati Ijtimoiy-mehnat masalalari bo'yicha respublika uch tomonlama komissiyasi bilan kelishilgan holda O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilanadi.
lex.uz’dagi asl matn589-modda. Ish tashlashga oid cheklovlar
Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?
Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing
Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.
Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.