«Nobank kredit tashkilotlari va mikromoliyalashtirish faoliyati to'g'risida»gi qonun

7-modda. Nobank kredit tashkilotlari faoliyatiga doir talablar

Nobank kredit tashkiloti o'z faoliyatini amalga oshirish chog'ida: nobank kredit tashkilotlari va mikromoliyalashtirish faoliyati to'g'risidagi qonunchilik, shuningdek jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga, terrorizmni moliyalashtirishga va ommaviy qirg'in qurolini tarqatishni moliyalashtirishga qarshi kurashish to'g'risidagi qonunchilik talablariga rioya etishi; ustav fondini (ustav kapitalini) ushbu Qonun 17-moddasining uchinchi qismida belgilangan miqdordan kam bo'lmasligini ta'minlash; rahbar xodimlarning ushbu Qonunning 16-moddasida belgilangan talablarga muvofiq bo'lishini ta'minlashi shart. Lombard ushbu moddaning birinchi qismida belgilangan talablardan tashqari kassa xonasining Markaziy bank talablariga muvofiqligini ta'minlashi kerak.
lex.uz’dagi asl matn

Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?

Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing

Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.

Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.