Nobank kredit tashkilotlarining o'z mablag'lari, banklarning kreditlari, grantlar, shuningdek o'z ishtirokchilaridan (aktsiyadorlaridan) jalb etilgan qarz mablag'lari nobank kredit tashkilotlari faoliyatiga doir mablag'larning manbalaridir.
Mikromoliya tashkilotlari va faktoring tashkilotlari ushbu Qonunning 26-moddasida belgilangan prudentsial normativlarga rioya etgan taqdirda, shuningdek ipotekani qayta moliyalashtirish tashkilotlari va kafolatlar berish tashkilotlari faoliyatini ushbu moddaning birinchi qismida ko'rsatilgan mablag'lardan tashqari quyidagi mablag'lar hisobidan amalga oshirishga haqli:
korporativ obligatsiyalarni joylashtirishdan olingan mablag'lar;
O'zbekiston Respublikasi Davlat byudjetining hamda davlat jamg'armalarining mablag'lari;
xalqaro moliya institutlarining, chet el hukumat moliya tashkilotlarining, nodavlat notijorat tashkilotlarning, shu jumladan chet el nodavlat notijorat tashkilotlarining qarz mablag'lari;
yuridik shaxslardan, shu jumladan chet el yuridik shaxslaridan olingan qarz mablag'lari;
islomiy moliyalashtirishga muvofiq bo'lgan qimmatli qog'ozlarni joylashtirishdan olingan mablag'lar — mikromoliya tashkilotlari uchun;
ipoteka qimmatli qog'ozlarini joylashtirishdan olingan mablag'lar — ipotekani qayta moliyalashtirish tashkilotlari uchun.
lex.uz’dagi asl matn«Nobank kredit tashkilotlari va mikromoliyalashtirish faoliyati to'g'risida»gi qonun
8-modda. Nobank kredit tashkilotlarining faoliyatiga doir mablag'larning manbalari
(8-модда иккинчи қисмининг биринчи хатбошиси Ўзбекистон Республикасининг 2025 йил 17 апрелдаги ЎРҚ-1058-сонли Қонуни таҳририда — Қонунчилик маълумотлари миллий базаси, 18.04.2025 й., 03/25/1058/0355-сон)
Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?
Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing
Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.
Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.