Ma'muriy sud ishlarini yuritish to'g'risidagi kodeks

126³-modda. Kelishuv bitimini tasdiqlash to'g'risidagi masalani ko'rib chiqish

(126³-модданинг бешинчи қисми Ўзбекистон Республикасининг 2023 йил 25 декабрдаги ЎРҚ-889-сонли Қонуни таҳририда — Қонунчилик маълумотлари миллий базаси, 27.12.2023 й., 03/23/889/0978-сон — 2024 йил 1 январдан кучга киради)

Kelishuv bitimini tasdiqlash to'g'risidagi masala ish qaysi sudning ish yurituvida bo'lsa, o'sha sud tomonidan, sud majlisida taraflar albatta ishtirok etgan holda ko'rib chiqiladi. Ishda ishtirok etuvchi shaxslar sud majlisining vaqti va joyi to'g'risida ushbu Kodeksning 124-moddasida nazarda tutilgan tartibda xabardor qilinadi. Kelishuv bitimini tuzgan, sud majlisining vaqti va joyi haqida tegishli tarzda xabardor qilingan shaxslar sud majlisiga kelmagan taqdirda, kelishuv bitimini tasdiqlash to'g'risidagi masala sud tomonidan ko'rib chiqilmaydi. Kelishuv bitimini tasdiqlash to'g'risidagi masalani ko'rib chiqishda bitimning qonun talablariga muvofiqligini hamda uchinchi shaxslarning huquqlari va qonuniy manfaatlariga daxldorligini aniqlash uchun sud ishda ishtirok etuvchi shaxslar tomonidan taqdim etilgan ishning haqiqiy holatlarini, vajlar va dalillarni tekshiradi, ularga baho beradi. Sud kelishuv bitimini tasdiqlash to'g'risida ajrim chiqaradi, unda ish yuritish to'liq yoki qisman tugatilganligi ko'rsatiladi. Kelishuv bitimi apellyatsiya yoki kassatsiya, taftish instantsiyasi sudi tomonidan tasdiqlangan taqdirda, ajrim chiqarilib, ish bo'yicha ilgari qabul qilingan barcha sud hujjatlari ushbu ajrim bilan bekor qilinadi va ish yuritish tugatiladi. Kelishuv bitimini tasdiqlash to'g'risidagi masalani apellyatsiya yoki kassatsiya, tegishli taftish instantsiyasi sudi tomonidan ko'rib chiqishda tegishli sud hujjatining qonuniyligi va asosliligi tekshirilmaydi. Kelishuv bitimi sud hujjatini ijro etish bosqichida tuzilgan taqdirda, bitim ishni ko'rgan birinchi instantsiya sudiga tasdiqlash uchun taqdim etiladi. Ijro bosqichida tuzilgan kelishuv bitimini tasdiqlash to'g'risidagi masala bitim sudga taqdim etilgan kundan e'tiboran o'n besh kunlik muddatda, ushbu moddaning birinchi qismida nazarda tutilgan qoidalar bo'yicha ko'rib chiqiladi. Sud kelishuv bitimini qisman tasdiqlashga, o'zgartirishga yoki undan taraflar tomonidan kelishilgan biron-bir shartni chiqarib tashlashga haqli emas. Sud ushbu bitimdan qonunga zid bo'lgan yoki uchinchi shaxslarning huquqlari va qonuniy manfaatlariga daxldor bo'lgan ayrim shartlarni chiqarib tashlashni taraflarga taklif qilishga haqli.
lex.uz’dagi asl matn

Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?

Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing

Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.

Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.