Taraflar ma'muriy sud ishlarini yuritishning barcha bosqichlarida va sud hujjatini ijro etish jarayonida nizoni kelishuv bitimini tuzgan holda to'liq hajmda yoki qisman hal etishi mumkin.
Taraflarning kelishuvi ixtiyoriylik, hamkorlik va teng huquqlilik printsiplari asosida amalga oshiriladi.
Taraflarning kelishuviga faqat javobgarda ma'muriy ixtiyoriylik (diskretsion vakolat) mavjud bo'lganda yo'l qo'yiladi.
Taraflarning kelishuvi faqat ularning nizoli ommaviy huquqiy munosabatlar sub'yekti sifatidagi huquq va majburiyatlariga taalluqli bo'lishi hamda taraflarning o'zaro yon berishiga yo'l qo'yilgan taqdirda amalga oshirilishi mumkin.
Kelishuv bitimi sud tomonidan tasdiqlanganidan keyin tuzilgan deb hisoblanadi.
Ushbu Kodeks 27-moddasi birinchi qismining 1, 3, 4 va 5-bandlarida nazarda tutilgan ishlar bo'yicha, shuningdek uchinchi shaxslarning huquqlari va qonuniy manfaatlariga daxldor bo'lgan shartlarni nazarda tutadigan ishlar bo'yicha kelishuv bitimining tuzilishiga yo'l qo'yilmaydi.
lex.uz’dagi asl matnMa'muriy sud ishlarini yuritish to'g'risidagi kodeks
126¹-modda. Taraflarning kelishuvi
Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?
Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing
Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.
Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.