Kelishuv bitimini tasdiqlash to'g'risidagi sud ajrimida ushbu Kodeksning 169-moddasida nazarda tutilganidan tashqari quyidagilar ham ko'rsatilishi kerak:
1) kelishuv bitimining shartlari;
2) kelishuv bitimini tasdiqlash to'g'risidagi xulosa;
3) sud xarajatlarining taqsimlanishi;
4) ish yuritishni tugatish to'g'risidagi ma'lumotlar.
Apellyatsiya yoki kassatsiya, taftish instantsiyasi sudining kelishuv bitimini tasdiqlash to'g'risidagi ajrimida ushbu moddaning birinchi qismida nazarda tutilgan ma'lumotlardan tashqari ish bo'yicha avval qabul qilingan barcha sud hujjatlarini bekor qilish haqidagi ko'rsatma bo'lishi kerak.
Sud hujjatini ijro etish bosqichida tuzilgan kelishuv bitimini tasdiqlash haqidagi sud ajrimida kelishuv bitimining shartlari va kelishuv bitimini tasdiqlash to'g'risidagi xulosa, shuningdek sud hujjatining ijro etilmasligi haqidagi shartlar ko'rsatilishi kerak.
Kelishuv bitimini tasdiqlash to'g'risidagi sud hujjatlari ustidan shikoyat berilishi (protest keltirilishi) mumkin.
Kelishuv bitimini tuzgan shaxslar uni ushbu bitimda nazarda tutilgan tartibda va muddatlarda ixtiyoriy ravishda bajaradi.
Sud tomonidan tasdiqlangan kelishuv bitimi ushbu bitimda nazarda tutilgan muddatlarda ixtiyoriy ravishda bajarilmagan taqdirda, bitim ushbu Kodeksda nazarda tutilgan qoidalarga ko'ra bajarilishi lozim.
lex.uz’dagi asl matnMa'muriy sud ishlarini yuritish to'g'risidagi kodeks
126⁴-modda. Kelishuv bitimini tasdiqlash to'g'risidagi sud ajrimi
(126⁴-модданинг иккинчи қисми Ўзбекистон Республикасининг 2023 йил 25 декабрдаги ЎРҚ-889-сонли Қонуни таҳририда — Қонунчилик маълумотлари миллий базаси, 27.12.2023 й., 03/23/889/0978-сон — 2024 йил 1 январдан кучга киради)с
Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?
Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing
Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.
Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.