Ma'muriy sud ishlarini yuritish to'g'risidagi kodeks

162-modda. Qo'shimcha hal qiluv qarori

Hal qiluv qarorini qabul qilgan sud quyidagi hollarda qo'shimcha hal qiluv qarorini qabul qiladi, agar: 1) ishda ishtirok etuvchi shaxslar dalillar taqdim etgan biror-bir talab bo'yicha hal qiluv qarori qabul qilinmagan bo'lsa; 2) sud huquq to'g'risidagi masalani hal qilib, javobgar amalga oshirishi shart bo'lgan harakatlarni ko'rsatmagan bo'lsa; 3) sud xarajatlari to'g'risidagi masala hal etilmagan bo'lsa. Qo'shimcha hal qiluv qarorini qabul qilish to'g'risidagi masala hal qiluv qarori qonuniy kuchga kirguniga qadar qo'yilishi mumkin. Qo'shimcha hal qiluv qarori ishda ishtirok etuvchi shaxslarning arizasiga yoki sudning tashabbusiga ko'ra qabul qilinishi mumkin. Sud tomonidan qo'shimcha hal qiluv qarorini qabul qilish to'g'risidagi masala mazkur bobda belgilangan qoidalar bo'yicha sud majlisida hal qilinadi. Ishda ishtirok etuvchi shaxslar ushbu Kodeksning 124-moddasida nazarda tutilgan tartibda sud majlisining vaqti va joyi to'g'risida xabardor qilinadi. Biroq tegishli tarzda xabardor qilingan shaxslarning kelmaganligi qo'shimcha hal qiluv qarorini qabul qilish to'g'risidagi masalani ko'rishga to'sqinlik qilmaydi. Qo'shimcha hal qiluv qarori asosiy hal qiluv qarori bilan birga qonuniy kuchga kiradi. Qo'shimcha hal qiluv qarori ustidan asosiy hal qiluv qarori bilan birga shikoyat qilinishi (protest keltirilishi) mumkin. Qo'shimcha hal qiluv qarorini qabul qilish rad etilgan taqdirda, ajrim chiqariladi.
lex.uz’dagi asl matn

Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?

Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing

Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.

Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.