Hal qiluv qarori noaniq bo'lgan taqdirda, ishni hal qilgan sud ishda ishtirok etuvchi shaxslarning arizasiga, shuningdek sud hal qiluv qarorining ijrosi o'z zimmasiga yuklatilgan organlar va davlat ijrochisining arizasiga ko'ra hal qiluv qarorini uning mazmunini o'zgartirmagan holda tushuntirishga haqli.
Hal qiluv qarorini tushuntirish to'g'risidagi ariza ishda ishtirok etuvchi shaxslarni, davlat ijrochisini yoki sud hujjatini ijro etish zimmasiga yuklatilgan boshqa organlarni ushbu Kodeksning 124-moddasida nazarda tutilgan tartibda xabardor qilgan holda sud majlisida ko'riladi. Biroq mazkur shaxslarning kelmaganligi arizani ko'rishga to'sqinlik qilmaydi.
Hal qiluv qarorini tushuntirish to'g'risidagi ariza u berilgan kundan e'tiboran o'n kunlik muddatda ko'rib chiqiladi.
Hal qiluv qarorini tushuntirish haqida yoki tushuntirishni rad qilish to'g'risida ajrim chiqariladi.
Ajrim ustidan shikoyat qilinishi (protest keltirilishi) mumkin.
lex.uz’dagi asl matnMa'muriy sud ishlarini yuritish to'g'risidagi kodeks
163-modda. Hal qiluv qarorini tushuntirish
Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?
Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing
Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.
Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.