Ma'muriy sud ishlarini yuritish to'g'risidagi kodeks

86-modda. Mutaxassisning maslahati (tushuntirishi)

Mutaxassis maslahatni (tushuntirishni) sudga og'zaki yoki yozma shaklda beradi. Mutaxassisning yozma shaklda berilgan maslahati (tushuntirishi) sud majlisida o'qib eshittiriladi, tekshiriladi va ishga qo'shib qo'yiladi. Og'zaki maslahat (tushuntirish) bevosita sud majlisining (protsessual harakatning) bayonnomasiga yozib qo'yiladi. Maslahatni (tushuntirishni) oydinlashtirish va to'ldirish maqsadida mutaxassisga savollar berilishi mumkin.
lex.uz’dagi asl matn

Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?

Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing

Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.

Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.