Ishda ishtirok etuvchi shaxsning iltimosnomasi bo'yicha sud guvohni sud majlisida ko'rsatuvlar berish uchun chaqirtirishi mumkin.
Guvohni chaqirish haqida iltimosnoma kirituvchi shaxs ish uchun ahamiyatga molik qaysi holatlarni guvoh tasdiqlashi mumkinligini ko'rsatishi va uning familiyasi, ismi, otasining ismi va yashash joyini sudga ma'lum qilishi shart.
Guvoh ish bo'yicha o'ziga ma'lum bo'lgan ma'lumotlar va holatlarni sudga og'zaki xabar qiladi. Guvoh sudning taklifiga ko'ra o'z ko'rsatuvlarini yozma shaklda bayon qilishi mumkin.
Agar guvoh o'zi bilgan ma'lumotlarning manbaini ko'rsatib bera olmasa, u xabar qilgan ma'lumotlar dalil hisoblanmaydi.
lex.uz’dagi asl matnMa'muriy sud ishlarini yuritish to'g'risidagi kodeks
87-modda. Guvohning ko'rsatuvlari
Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?
Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing
Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.
Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.