Turli normativ-huquqiy hujjatlarning yuridik kuchi bo'yicha o'zaro nisbati O'zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasiga, normativ-huquqiy hujjatlarni qabul qilgan organlarning vakolatlariga va maqomiga, ushbu hujjatlarning turlariga, shuningdek normativ-huquqiy hujjat qabul qilingan sanaga muvofiq belgilanadi.
Normativ-huquqiy hujjat o'ziga nisbatan yuqoriroq yuridik kuchga ega bo'lgan normativ-huquqiy hujjatlarga muvofiq bo'lishi kerak.
Normativ-huquqiy hujjatlar o'rtasida tafovutlar bo'lgan taqdirda yuqoriroq yuridik kuchga ega bo'lgan normativ-huquqiy hujjat qo'llaniladi.
Teng yuridik kuchga ega bo'lgan normativ-huquqiy hujjatlar o'rtasida tafovutlar bo'lgan taqdirda, keyinroq qabul qilingan normativ-huquqiy hujjat qoidalari amal qiladi, bundan ushbu moddaning beshinchi qismida nazarda tutilgan hol mustasno.
Agar normativ-huquqiy hujjatni qabul qilgan vazirlikning yoki idoraning ijtimoiy munosabatlarning muayyan sohasini huquqiy jihatdan tartibga solish uchun maxsus vakolati bo'lsa, ushbu organ qabul qilgan hujjat bir xil maqomdagi boshqa vazirlik yoki idora tomonidan qabul qilingan normativ-huquqiy hujjatga nisbatan yuqoriroq yuridik kuchga ega bo'ladi.
Inson bilan davlat organlarining o'zaro munosabatlarida yuzaga keladigan qonunchilikdagi barcha ziddiyatlar va noaniqliklar inson foydasiga talqin etiladi.
lex.uz’dagi asl matn«Normativ-huquqiy hujjatlar to'g'risida»gi qonun
18-modda. Normativ-huquqiy hujjatlarning o'zaro nisbati
(18-модда Ўзбекистон Республикасининг 2024 йил 19 февралдаги ЎРҚ-909-сонли Қонунига асосан олтинчи қисм билан тўлдирилган — Қонунчилик маълумотлари миллий базаси, 19.02.2024 й., 03/24/909/0133-сон)
Oddiy tilda
Nimani anglatadi
Normativ-huquqiy hujjatlar orasida qaysi biri kuchli ekanligini belgilovchi qoidalar. Agar turli qonun va farmonlar bir-biriga zid bo'lsa, yuqoriroq maqomdagi hujjat qo'llaniladi. Teng darajali hujjatlar orasida keyinroq qabul qilingan hujjat amal qiladi.
Kimga tegishli
Bu qoida davlat organlarining barcha normativ-huquqiy hujjatlariga va ularning o'zaro munosabatiga tegishli.
Amalda
Agar Vazirlik farmoni Qonun bilan zid bo'lsa, Qonun qo'llaniladi. Yoki agar ikki Vazirlik bir xil masalada turli farmonlar qabul qilsa, maxsus vakolati bo'lgan Vazirlikning farmoni kuchli bo'ladi. Odamga noaniq bo'lgan huquq masalasida uning foydasiga qaror qabul qilinadi.
Izoh sun’iy intellekt tomonidan tayyorlangan, rasmiy sharh emas.
Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?
Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing
Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.
Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.