Normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarini tayyorlashni rejalashtirish, qoida tariqasida, huquqiy jihatdan tartibga solish talab qilinadigan muammolarni aniqlash va tahlil qilish yakunlari bo'yicha tayyorlanadigan norma ijodkorligi ishining rejalari (dasturlari) doirasida amalga oshiriladi.
Normativ-huquqiy hujjatlar qabul qilish huquqiga ega bo'lgan organlar ijtimoiy munosabatlarni huquqiy jihatdan tartibga solish yoki qonunchilik normalarini takomillashtirish maqsadida normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarini tayyorlashning joriy (yarim yillik va yillik) hamda istiqbolga (bir yildan ortiq muddatga) mo'ljallangan rejalarini (dasturlarini) ishlab chiqishi va tasdiqlashi mumkin.
Normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarini tayyorlash rejalarida (dasturlarida) quyidagilar ko'rsatiladi:
normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarining nomi;
ijtimoiy munosabatlarning u yoki bu sohasini huquqiy jihatdan tartibga solish holatining tavsifi;
huquqiy jihatdan tartibga solishni talab qiladigan muammolarning tavsifi, ularning kelib chiqish sabablari va sharoitlarining tahlili;
huquqiy jihatdan tartibga solishni talab qiladigan muammolarning kelib chiqish sabablari va sharoitlarini bartaraf etishga qaratilgan normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarini qabul qilish zarurligining asosi;
moliyaviy-iqtisodiy hisob-kitoblar — moddiy xarajatlar talab qilinadigan normativ-huquqiy hujjatlar loyihalari uchun;
normativ-huquqiy hujjatlarning turlari;
normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarini tayyorlash muddatlari;
normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarini tayyorlash uchun mas'ul bo'lgan davlat organlari va tashkilotlar;
normativ-huquqiy hujjatlar qabul qilingan taqdirda, kutilayotgan natijalar, shu jumladan tartibga solish ta'sirini baholash o'tkazilgan hollarda uning natijalari.
Normativ-huquqiy hujjat loyihasini tayyorlashni rejalashtirish tartibi normativ-huquqiy hujjatni qabul qilish huquqiga ega bo'lgan organ yoki normativ-huquqiy hujjatning loyihasini tayyorlashni amalga oshiruvchi tashkilot (bundan buyon matnda ishlab chiquvchi deb yuritiladi) tomonidan belgilanadi.
Normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarini tayyorlash rejalari (dasturlari) majburiy tartibda normativ-huquqiy hujjatlar qabul qilish huquqiga ega bo'lgan tegishli organlarning rasmiy veb-saytlarida e'lon qilinadi.
lex.uz’dagi asl matn«Normativ-huquqiy hujjatlar to'g'risida»gi qonun
19-modda. Normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarini tayyorlashni rejalashtirish
Oddiy tilda
NIMANI ANGLATADI
Qonun qabul qiluvchi organlar yangi qonun yoki farmon loyihalarini tayyorlashdan oldin ularni rejalashtirishi kerak. Bu rejada muammoni aniqlab, nima uchun yangi qonun kerakligini tushuntirish, vaqt va mas'ul organlarni belgilash zarur.
KIMGA TEGISHLI
Bu qoida Parlament, Prezident va boshqa qonun qabul qilish huquqiga ega davlat organlariga tegishli.
AMALDA
Masalan, agar yo'l xavfsizligida muammo bo'lsa, Vazirlar Mahkamasi avval muammoni tahlil qiladi, keyin yangi qonun loyihasini tayyorlash rejasini tuzadi va bu rejani veb-saytida e'lon qiladi. Shunda fuqarolar biladi qanday qonun tayyorlanayotgani.
Izoh sun’iy intellekt tomonidan tayyorlangan, rasmiy sharh emas.
Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?
Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing
Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.
Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.