Normativ-huquqiy hujjat loyihasini tayyorlash uchun ishlab chiquvchi tomonidan ishchi guruh (komissiya) tashkil etilishi mumkin.
Ishchi guruh (komissiya) tarkibiga ishlab chiquvchi bo'linmalarining, tegishli tarmoqlar holati va rivojlanishi uchun javobgar bo'lgan vazirliklarning yoki idoralarning, boshqa manfaatdor davlat organlarining, ilmiy va boshqa tashkilotlarning vakillari, shuningdek fuqarolar kiritilishi mumkin. Bunda nodavlat tashkilotlar vakillari, shuningdek fuqarolar o'z roziligi bilan ishchi guruh (komissiya) tarkibiga kiritiladi.
Ishchi guruh (komissiya) a'zolari normativ-huquqiy hujjat loyihasini tayyorlash uchun zarur bo'lgan bilim va tajribaga ega bo'lishi kerak.
Ishlab chiquvchi ishchi guruhning (komissiyaning) faoliyatini ta'minlash uchun davlat organlaridan va boshqa tashkilotlardan normativ-huquqiy hujjat loyihasini tayyorlash uchun zarur bo'lgan materiallarni, statistika ma'lumotlarini hamda boshqa ma'lumotlarni olishga, normativ-huquqiy hujjatning loyihasi yuzasidan ilmiy va boshqa tashkilotlarning, olimlar va mutaxassislarning maslahatlari hamda tavsiyalarini, shuningdek ekspertlar xulosalarini olishga haqlidir.
Normativ-huquqiy hujjat qabul qilish huquqiga ega bo'lgan organ, zarur bo'lganda, normativ-huquqiy hujjat loyihasini tayyorlashni davlat organlariga, ilmiy va boshqa tashkilotlarga, ayrim fuqarolarga belgilangan tartibda, o'z vakolatlari doirasida topshirishga yoki ularga shartnoma asosida buyurtma berishga haqlidir.
Normativ-huquqiy hujjat qabul qilish huquqiga ega bo'lgan organ, zarur bo'lganda, normativ-huquqiy hujjatlarning muqobil loyihalarini tayyorlashni bir nechta davlat organiga, ilmiy va boshqa tashkilotlarga, ayrim fuqarolarga belgilangan tartibda, o'z vakolatlari doirasida topshirishga yoki ularga shartnoma asosida buyurtma berishga, shuningdek eng yaxshi normativ-huquqiy hujjat loyihasini tayyorlash uchun tanlovlar o'tkazishga haqlidir.
Vazirliklar va idoralarning, shuningdek mahalliy davlat hokimiyati organlarining normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarini tayyorlashga doir ishlarini muvofiqlashtirish O'zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan amalga oshiriladi.
lex.uz’dagi asl matn«Normativ-huquqiy hujjatlar to'g'risida»gi qonun
22-modda. Normativ-huquqiy hujjat loyihasini tayyorlashni tashkil etish
(22-модданинг иккинчи қисми Ўзбекистон Республикасининг 2023 йил 28 ноябрдаги ЎРҚ-880-сонли Қонуни таҳририда — Қонунчилик маълумотлари миллий базаси, 29.11.2023 й., 03/23/880/0905-сон)
Oddiy tilda
NIMANI ANGLATADI
Yangi qonun yoki farmon loyihasini tayyorlash jarayonini tartibga solish. Buning uchun mas'ul organ ishchi guruh tuzadi, unda davlat va nodavlat tashkilotlari, olimlar, fuqarolar ishtirok etadi. Guruh a'zolari kerakli bilim va tajribaga ega bo'lishi shart.
KIMGA TEGISHLI
Qonun yoki farmon qabul qilish huquqiga ega bo'lgan davlat organlari.
AMALDA
Sog'liqni saqlash vazirligi yangi tibbiy qonun loyihasini tayyorlayotganda, shifokorlar, olimlar, bemorlar vakillari va fuqarolardan iborat ishchi guruh tuzadi. Ular birgalikda loyihani ishlab chiqadi, kerakli ma'lumot va ekspert xulosalarini to'playdi.
Izoh sun’iy intellekt tomonidan tayyorlangan, rasmiy sharh emas.
Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?
Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing
Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.
Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.