O'zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarining huquqiy ekspertizasini ular manfaatdor tashkilotlar bilan kelishilganidan va boshqa turdagi ekspertizalar amalga oshirilganidan so'ng o'tkazadi.
O'zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarining huquqiy ekspertizasini, shu jumladan ularda korruptsiya ko'rinishlarini, boshqa huquqbuzarliklarni sodir etish uchun shart-sharoitlarni yuzaga keltiradigan, jismoniy va yuridik shaxslar uchun ortiqcha ma'muriy va boshqa cheklovlarni joriy etadigan qoidalar va normalar bor-yo'qligini aniqlash, shuningdek zarur bo'lgan normalarni bitta normativ-huquqiy hujjatda aks ettirgan hamda tegishli munosabatlarni tartibga soluvchi boshqa normalarni bekor qilgan holda, qonunchilikni kodifikatsiya qilish imkoniyati mavjudligi nuqtai nazaridan huquqiy ekspertizasini o'tkazadi.
O'zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan O'zbekiston Respublikasi qonunlari loyihalarining huquqiy ekspertizasini amalga oshirish jarayonida bu loyihalar ularning to'g'ridan-to'g'ri amal qilishi va ularda takrorlovchi yoki O'zbekiston Respublikasi qonunlari loyihalarining normalariga zid bo'lgan normativ-huquqiy hujjatlar mavjudligini keyinchalik ularni bekor qilish uchun aniqlash nuqtai nazaridan baholanishi shart.
Huquqiy ekspertiza yakunlariga ko'ra O'zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan xulosa taqdim etiladi.
Vazirliklar va idoralar normativ-huquqiy hujjatlarining huquqiy ekspertizasi O'zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan amalga oshiriladi.
Mahalliy davlat hokimiyati organlari qarorlari loyihalarining huquqiy ekspertizasi O'zbekiston Respublikasi Adliya vazirligining tegishli hududiy bo'linmalari tomonidan amalga oshiriladi.
lex.uz’dagi asl matn«Normativ-huquqiy hujjatlar to'g'risida»gi qonun
27-modda. Normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarini O'zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi va uning hududiy bo'linmalari tomonidan huquqiy ekspertizadan o'tkazish
(27-модданинг бешинчи қисми Ўзбекистон Республикасининг 2023 йил 28 ноябрдаги ЎРҚ-880-сонли Қонуни таҳририда — Қонунчилик маълумотлари миллий базаси, 29.11.2023 й., 03/23/880/0905-сон)
Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?
Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing
Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.
Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.