O'zbekiston Respublikasining qonunlari, O'zbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari va qarorlari, shuningdek O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarorlari loyihalarining huquqiy ekspertizasi ular kelib tushgan sanadan e'tiboran o'n kun ichida O'zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan o'tkaziladi.
Vazirliklar va idoralar normativ-huquqiy hujjatlarining huquqiy ekspertizasi hamda vazirliklar va idoralarning normativ-huquqiy hujjatlarini davlat ro'yxatidan o'tkazish ular kelib tushgan sanadan e'tiboran o'ttiz kun ichida O'zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan amalga oshiriladi.
Agar ushbu moddaning birinchi qismida ko'rsatilgan loyihalar va ikkinchi qismida ko'rsatilgan normativ-huquqiy hujjatlar qo'shimcha o'rganishni talab qilsa, qonunlar, O'zbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari va qarorlari, shuningdek O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarorlari loyihalarini ko'rib chiqish muddati besh kungacha, vazirliklar va idoralarning normativ-huquqiy hujjatlarini ko'rib chiqish muddati esa o'n besh kungacha uzaytirilishi mumkin.
O'zbekiston Respublikasi Adliya vazirligining hududiy bo'linmalari tomonidan:
xalq deputatlari viloyat, tuman, (shahar) Kengashi qarorlari loyihalarining huquqiy ekspertizasi — ikki ish kuni ichida;
viloyat, tuman, (shahar) hokimi qarorlari loyihalarining huquqiy ekspertizasi — besh ish kuni ichida o'tkaziladi.
Qonunchilikda normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarini huquqiy ekspertizadan o'tkazishning boshqa muddatlari belgilanishi mumkin.
lex.uz’dagi asl matn«Normativ-huquqiy hujjatlar to'g'risida»gi qonun
28-modda. O'zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi va uning hududiy bo'linmalari tomonidan normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarini huquqiy ekspertizadan hamda vazirliklar va idoralarning normativ-huquqiy hujjatlarini davlat ro'yxatidan o'tkazish muddatlari
(28-модданинг номи Ўзбекистон Республикасининг 2023 йил 28 ноябрдаги ЎРҚ-880-сонли Қонуни таҳририда — Қонунчилик маълумотлари миллий базаси, 29.11.2023 й., 03/23/880/0905-сон)
Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?
Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing
Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.
Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.